12.2. Bank tushunchasi. Bank bo‘limlari (filiallari) va vakolatxonalari. Banklarning kredit tizimidagi o‘rni va asosiy vazifalari Bank dyeb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit va hisob-kitoblar, shuningdyek, boshqa har xil vositachilik operasiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 apryelida qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonuniga ko‘ra:
Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan, quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investisiyalash uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshirish.
Chet el banki – Chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbyekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan sho‘ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.
Banklar O‘zbyekiston Respublikasida o‘z filiallarini, Chet el banklari esa o‘z vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin.
Bank filiali – uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida bo‘linmadir.
Chet el banki vakolatxonasi – bank faoliyatini amalga oshirmagan holda, bankning manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi alohida bo‘linmadir.
Yuqoridagi ta’riflardan kyelib chiqqan holda quyidagilarga e’tibor byerish lozim:
«Bank filiali» va «Bank bo‘limi» mohiyatan bir xil tushuncha bo‘lib, ular mijozlar uchun bank operasiyalarini amalga oshiradilar, ya’ni bank faoliyati bilan shug‘ullanadilar.
Bank vakolatxonalari esa bank faoliyati bilan shug‘ullanmaydilar, balki o‘zlarining bosh banklari manfaatlaridan kelib chiqqan holda, mamlakat iqtisodiyotini o‘rganadilar, tahlil etadilar, turli hisobotlar tuzadilar, o‘zlarining taklif va xulosalarini bosh bankka taqdim etadilar.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishilgan 1991 yilda tijorat banklarning soni 16 ta bo‘lgan bo‘lsa 2011 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan jami banklar soni 31 tani, shulardan 3 tasi davlat, 13 tasi aksiyadorlik-tijorat, 10 tasi xususiy va 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banklarini tashkil etdi.
Shuningdek, banklarning joylardagi 9 mingdan ortiq bo‘lim va filiallari, hamda mini-banklari mijozlarga samarali bank xizmatlarini ko‘rsatmokdalar.
Banklar kredit tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jamiyatdagi bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va jamlash, ularni kredit va investisiyalar sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sarflash, ya’ni harakatdagi kapitalga aylantirish;
to‘lovlarda vositachilik qilish. Banklar o‘z mijozlarining topshiriqlariga asosan to‘lovlarni amalga oshiradilar, mablag‘larini hisob varaqlar(schyot)iga qabul qiladilar, pul tushumlarini hisobga oladilar, mijozlarga naqd pul mablag‘larini beradilar va boshqalar;
muomalaga kredit vositalari, turli qiymatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish va sotib olish hamda boshqalarni amalga oshirish;
chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan opyerasiyalarni amalga oshirish va boshqalar.