12.3-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri.
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi.
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari, kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo‘lgan davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik ro‘li ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning o‘zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.
12.4. Davlatning ish haqi siyosati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 4.1.-bandida, aholi bandligi va real daromadlarini oshirish asosida:
-aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
-byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish vazifalari qo’yilgan.
Ish haqini tartibga solishda davlatning ro‘li.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turish asosan lokal hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Ish haqini bevosita markazlashtirilgan tartibda belgilash faqat davlat boshqaruvi va byudjet tarmoqlari xodimlari uchun qo‘llaniladi.
Davlat quyidagi to‘rtta yo‘nalishda ish haqi masalalariga ta’sir ko‘rsatadi: -eng kam ish haqini o‘rnatish;
-ish haqi strukutrasini belgilash;
-mehnat haqining ma’lum shakllarini joriy etish; -ish haqini indeksatsiya qilish.
Respublikamizda jinsi, millati, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab, mehnatga haq to‘lashda
kamsitish amalda mavjud emasligini Hukumat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari erishgan katta yutuqlardan biri, deb baholash mumkin.
Eng kam ish haqi kafolatlari.
Ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omil - umumdavlat miqyosida o‘rnatiladigan eng kam ish haqi miqdoridir.
Ko‘plab mamlakatlarda (masalan AQSH, Fransiya, Ispaniya, Kanada, Belgiya, Portugaliya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil) eng kam ish haqi davlat tomonidan (odatda eng kam soatbay ish haqi ko‘rinishdi) belgilab qo‘yiladi. Ayni paytda qator boshqa mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya) umumdavlat miqyosida ish haqi minimumi o‘rnatilmaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 28 ta davlatdan 21 tasida eng kam ish haqi davlat tomonidan belgilab qo‘yiladi (12.1-jadval).
12.1-jadval Dunyoning ayrim mamlakatlarida eng kam ish haqi miqdori (dollarda)1
Davlat
Meksika Braziliya Chili Rossiya Kolumbiya Vengriya Polsha Kosta Rika Estoniya Slovakiya Latviya Litva Gretsiya
Chexiya Respublikasi Sloveniya Portugaliya Ispaniya Turkiya Janubiy Koreya AQSH Isroyil Kanada Irlandiya
Buyuk Britaniya Belgiya Niderlandiya Germaniya Yangi Zelandiya Frantsiya Avstraliya Lyuksemburg
Dostları ilə paylaş: |