Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1675- sonli Qaroriga binoan 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab:
-mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining boshlang‘ich razryadi etib birinchi razryad belgilangan, no’linchi razryad bekor qilindi;
-respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryaddan kam bo‘lmagan holda belgilangan.
Shunga binoan Mehnat kodeksining 155-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, mehnat haqining eng kam miqdori quyidagicha belgilab qo‘yildi:
«Muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas. Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda to‘lanadigan haqlar (157, 158-moddalar), shuningdek rayon koeffitsientlari (153-moddaning to‘rtinchi qismi) qo‘shilmaydi».
Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qo‘llaniladi:
-soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;
-tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to‘lanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini.
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qo‘shimcha haq va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek, xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashda qo‘llaniladi.
Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qo‘shimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning barcha turlari mazkur to‘lovlarning so‘mda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
2020 yilning 1 fevralidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,7 barobarga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi «Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5723-son farmoni 1-bandida:
-ikkinchi xatboshidagi «634880» raqami «679330» raqami bilan almashtirildi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori);
-uchinchi xatboshidagi «202730» raqami «223000» raqami bilan almashtirildi (bazaviy hisoblash miqdori);
-to‘rtinchi xatboshidagi «223000» raqami «238000» raqami bilan almashtirildi (pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori).
2019 yil 1 avgustdan boshlab:
-II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizdan 75 foizga oshirildi;
-II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar-pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizdan 75 foizga oshirildi;
-boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilandi;
-I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilindi.
Mehnat haqi miqdori, shakli va tizimlari.
Mehnat kodeksining 153-moddasiga binoan mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Xo‘jalik hisobidagi ayrim tarmoqlar (yoqilg‘i-energetika kompleksi, temir yo‘llari, aviatsiya, maxsus qurilish va hokazolar)da ham tarmoq tarif setkalari tarmoq kelishuvlari vositasida joriy etilgan.
Xo‘jalik hisobidagi mustaqil korxonalarda lokal tarif setkalar joriy etilishi mumkin. Mehnat kodeksining 153-moddasiga binoan mehnat haqi shaklini va tizimini tanlash
huquqi mehnat jamoalarining o‘ziga berilgan bo‘lib, jamoa shartnomalari va kasaba uyushmasi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda aks ettiriladi.
Quyidagi 12.1-rasmda MDH mamlakatlarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori ko‘rsatkichlarinin ko‘rish mumkin.
Yaqin kelajakda MDHda mutlaq va erishib bo‘lmaydigan yetakchilik Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri keladi. Biroq, Rossiyaning ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha MDHdagi mavqei deyarli har doim yuqori. Keyingi o‘rinlar MDHda “ish haqi reytingi” bo‘yicha Belorusiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi. Agar ilgari Qozog‘istondagi o‘rtacha oylik ish haqi Belarusiyadan yuqori bo‘lgan bo‘lsa, bu yerda Belorusiyada o‘rtacha ish haqi Qozog‘istondagi maoshdan oshib keta boshladi - dollarga nisbatan Br-rublining kuchayishi tufayli.
Keyingi 4-o‘rin Ozarbayjon yoki Ukrainaga tegishli edi, ammo 2014-2015 yillardagi birinchidan, iqtisodiy va siyosiy voqealar tufayli neft narxining pasayishi, ikkinchidan, mahalliy
2 banki24.by sayti ma’lumotlari
milliy valyutalarning qulashi va ish haqining dollar ekvivalentida keskin pasayishiga olib keldi. Armaniston 2014-2016 yillar inqirozida MDH bo‘yicha yagona davlat sifatida, milliy valyutasining pasayishiga yo‘l qo‘ymadi va o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi. Ammo Armanistonda o‘rtacha ish haqini hisoblash uslubiyati o‘zgargandan so‘ng uning reytingdagi o‘rni sezilarli darajada pasaydi.
2018 yildan boshlab, Moldova o‘rtacha ish haqi bo‘yicha MDH reytingida ishonchli tarzda 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ular o‘sishda davom etishlarining asosiy sababi bu yalpi ichki mahsulotning dollar ekvivalentidagi o‘sish tendensiyasi hisoblanadi.
Eng kam ish haqi Markaziy Osiyo davlatlarida saqlanib qolmoqda. Ular orasida Qirg‘iziston ushbu reytingda sezilarli darajada yuqori bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yil oxirida O‘zbekistonda valyuta kursi barqarorlashgandan so‘ng, o‘rtacha oylik ish haqi keskin ravishda dollar ekvivalentida ko‘tarila boshladi va Qirg‘iziston egallagan o‘rnini O‘zbekistonga boy bera boshladi.