12-mavzu:
Ixtisoslashtirlgan maktabda boshlang‘ich sinf va
yuqori sinflarda
mehnat darslarini tahlil qilish.
(2 soat)
Reja
1.
Ixtisoslashtirlgan maktabda boshlang‘ich sinf
va yuqori sinflarda mehnat
darslarini tahlil qilish.
2.
Alohida yordamga muhtoj bolalarning mehnat to’garaklariga jalb qilinishini
o’rganish.
Maqsadi:
Ixtisoslashtirlgan maktabda boshlang‘ich sinf va yuqori sinflarda
mehnat darslarini tahlil qilish mavzulari mohiyatini nazariy o`rganish orqali
talabalarda bilimlarini chuqurlashtirish, mavzu rejalarini tizimli bayon qilish va
ularning amaliy ahamiyatini yoritib berish orqali talabalar
kasbiy bilimlarini
kengaytirish.
1-topshiriq. Klaster texnikasi asosida o'quvchilar bilmini baholash
metodlari
Klaster texnikasining qoidasi:
“Klaster” uslubi.
–Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya
bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga
yordam berib,
ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq o`zviy
bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashqil etiladi:
Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;
Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda
yangi
fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;
Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini
ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;
2-topshiriq. Sinkveyn sxemasi:
1–qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 3 ta fe’l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi 4 so‘zdan iborat so‘z
birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.
3-topshiriq. Insert usuli
Samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib,
mustaqil o‘qib o‘rganishga yordam beradi. Bunda ma’ro`za
mavzulari kitob va
boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib «V; +;
-; ?» belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
(V)- Men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+)- YAngi ma’lumot
(-)-Men bilgan narsaga zid.
(?)-Meni o‘ylantirdi.Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
Insert jadvali
3-ilova
Tushunchalar
V
+
-
?
Izoh:
3-ilovada mavzuni o’zlashtirib olganizdan so’ng, mavzuga oid
tushunchalarni kiritasiz va ularni shartli belgilar yordamida izohlaysiz.
2-o’quv topshiriq
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv
jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya
talabalarni o’z
fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini
boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga
hamda shu bilan birga
bahslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy
qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar
yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
Pedagogik fanlarni o'qitish jarayoni
mohiyati
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
2-guruh
Savol
O'qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring