olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni ham ko’zda tutuvchi mavjud ishlab
chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko’rsatish
mumkin.
Yangi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta tiklashga
yo’naltiriluvchi kapital qo’yilmalar asosan quyidagi elementlardan iborat bo’ladi:
*
qurilish-montaj ishlari xarajatlari;
*
mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;
*
loyiha
qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.
Kapital qo’yilmalarning yuqoridagi turlari
investitsiyalarning texnologik
tuzilmasini
tavsiflaydi. Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital
qo’yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj
ishlari xarajatlari - 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar -
35-30%, loyiha
qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%.
Dostları ilə paylaş: