12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə55/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi. Narx belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va korxonaning takror ishlab chiqarish, shuningdek, investitsion imkoniyatlarini ham kengaytirishdan iboratdir.

Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda harakat qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan etakchi bo’lgan korxonalarning ta'sirida bo’ladi. Demak, bu erda korxona narxlashtirishning etakchi orqasidan yurish strategiyasini qo’llashi foydadan holi emas. Albatta, etakchi vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi.

"Qaymog’ini olish" strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega ekanligini ajratib ko’rsata olsa, shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini ta'minlasa, unda bu korxona raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma'lum erkinliklarga ega bo’ladi. Natijada, korxona o’z tovarlariga yuqori darajadagi narxni belgilaydi. Bu strategiya, ko’pchilik holda, korxona yangi tovar ishlab chiqarish va bu tovarni bozorga kiritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini iloji boricha tezroq qoplash zarur bo’lgan hollarda qo’llaniladi.

"Yorib o’tish" strategiyasi. Bu strategiya ko’pincha ishlab chiqarish texnologiyasi juda oddiy va ommabop iste'molga mo’ljallangan yangi mahsulotni bozorga kiritishda qo’llaniladi. Bunda tovar bozorga juda past narxda chiqariladi, bozorni egallashi bilan normal darajaga qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona raqobatchilarga nisbatan katta hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

"Kirib borish" strategiyasi. Bu strategiya past narxlar orqali yangi bozorga tez kirib borish uchun ishlatiladi. Mazkur strategiya talabning yuqori elastikligi vaziyatida yuqori samara beradi.


Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin