12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə29/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmui tushuniladi.

Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.

Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar "sotuvchi bozori" va "xaridor bozori"ga bo’linadi.


"Sotuvchi bozori" - unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo’lishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda "pul tovar orqasidan yuguradi".

"Xaridor bozori" - bunday bozorda taklif talabdan ko’p, shuning uchun xaridorlar (iste'molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega bo’lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda "tovar pul orqasidan yuguradi".
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini "muvozanatli bozor" deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta'minlashning asosiy yo’llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga etkazish orqali bozorni to’yintirish; etarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish; xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo’lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.

15.2. Bozor konyunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar
Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.


Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi.
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
a) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta'sir o’tkazishi sababli ularni alohida o’rganish tegishli samara bermaydi;
c) bozor to’g’risidagi ma'lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.



Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin