12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə34/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

15.4. Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar
Iste'molchilarni o’rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iboratdir.
Iste'molchildarning talabini to’laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o’sish qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma'lumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Iste'molchilarning ehtiyojini o’rganish natijasida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin bo’ladi:
1) ehtiyojning ierarxik strukturasini tuzish;
2) ayrim ehtiyojlarning miqdoriy ko’rsatkichini va dinamikasini aniqlash;
3) iste'molchilarning birinchi navbatda qaysi ehtiyojini qondirishga moyilligini bilish;
4) tovarlar va xizmatlarning iste'mol xususiyatlarini o’lchash va guruhlash;
5) qondirilgan va qondirilmagan talab strukturasini aniqlash va boshqalar.
Umuman aytganda, firma yoki korxona boshqaruvchilari ular tomonidan qo’llanilayotgan ta'sir etuvchi marketing uslublariga nisbatan iste'molchilar qanday munosabat bildirayotganligini yaqqol tasavvur qila bilishlari kerak. Bozorda iste'molchilarning xulq-atvoriga, xarid qilingan tovarning qandayligiga xaridorning shaxs, madaniyati, iqtisodiy ahvoli va psixologik omillar katta ta'sir ko’rsatadi.

Shaxsiy omillar. Iste'molchilarning bozordagi xulq-atvori shaxsiy tartibdagi omillar asosida ham shakllanadi. Shaxsiy omillarga xaridorning yoshi, oilaviy hayot tarzi, nima ish bilan shug’ullanishi, iqtisodiy ahvoli (oila daromadi yoki bir oila a'zosiga to’g’ri keladigan daromad miqdori), hayot tarzi, shaxs turi kabi sifatlar kiradi. Masalan, shaxsning oilaviy hayot tarzi deganda uning uylanganligi yoki uylanmaganligi, uylangan bo’lsa oilasida necha nafar farzandi borligi, ota-onasi bilan yashaydimi yoki alohida yashaydimi, ota-onalarining yoshi va hokazo kabi ko’rsatkichlar tushuniladi. Bu ko’rsatkichlarning har biri esa o’z navbatida xarid qilinayotgan tovar va talab qilinayotgan xizmatga ma'lum darajada ta'sir ko’rsatadi.


Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin