12-Mavzu: Menejment tizimidagi tashkilotlarning turlari Reja


Vazirlik  birlashma  korxona  tsex  uchastka



Yüklə 187,95 Kb.
səhifə3/12
tarix14.12.2023
ölçüsü187,95 Kb.
#177638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Vazirlik  birlashma  korxona  tsex  uchastka

Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga odatda qo‘yi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysinishni ko‘rsatadi. Bu vertikal bo‘yicha bo‘linishdir.
Barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, xar bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning xuquq va burchlari, shuningdek ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi.
Boshqarish tizimini turli miqyoslarga bo‘lish mumkin: Chunonchi:

  • butun xalq xo‘jaligini (tarmoqlarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;

  • xar bir tarmoq va tumanlar tasarufidagi karxonalarni boshqarish;

  • korxonalar ichidagi bo‘limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish.

O‘z navbatida, butun xalq xo‘jaligini boshqarish xam uni “tarmoq”, “birlashma” va “korxona” darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi. Buni quyidagi sxema ko‘rinishda ifodalash mumkin.
“Xalq xo‘jaligi tizimi” bir necha “tarmoq”lardan iborat kichik tizimga, u esa o‘z navbatida bir necha “birlashma”lardan iborat kichik tizimga bo‘linadi. “birlashma” xam bir necha “korxona”lardan tashkil topadi. Bu ierarxik tizimda karxona xalq xo‘jaligining birlamchi yachaykasi bo‘lib xisoblanadi.
Miqyos jixatdan bu bo‘g‘inlarni quyidagicha ranjirlash mumkin: x/x > T > B > K

x/x =  T
T =  B
B =  K

Boshqarish strukturasini guruxlash belgilari vositasida yaqqollashtirish mumkin.
Quyidagi belgilar boshqarish strukturasini aniqlovchi belgilar bo‘lib xisoblanadi.
Boshqarish strukturasini belgilovchi omillar

Strukturani aniqlovchi belgilar

  • boshqarish maqsadi;

  • boshqarish funktsiyalari va vazifalari;

  • xizmat qilinadigan regionlar va iste’molchilar guruxi;

  • ish vaqti rejimi va intervali va boshq.

Struktaraga ta’sir qiluvchi omillar

  • tashqi muxit;

  • texnologiya;

  • korxonaning katta-kichikligi;

  • biznes strategiyasi;

  • xodimlar soni;

  • qabul qilinadigan qarorlar tizimi;

  • shakllangan struktura va boshq.

Struktarani optimallashtiruvchi belgilar

  • yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan bo‘limlar va bo‘g‘inlar;

  • ko‘p bo‘lmagan boshqaruv bo‘g‘inlari;

  • o‘zgarishlarga nisbatan sezgirlik va Hozirjavoblik;

  • yuqori darajadagi unumdorlik;

  • past darajadagi xarajatlar;

  • ish grafigining bevosita iste’mochilarga moslashganligi va boshqa.

Ko‘rib turibmizki, boshqarish maqsadi, funktsiyalari va vazifalari boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan xisoblanadi.
Shu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pgina xollarda yangi korxona yoki muassasalarni tuzish paytida avval boshqarish bosqichlari va bo‘g‘inlarining tarkibi, boshqarish apparati shtatlari belgilanadi, so‘ngra ular o‘rtasida funktsiyalar taqsimlanadi.
Xolbuki, bu jarayon aksincha bo‘lishi kerak, ya’ni dastlab maqsadga binoan funktsiyalar soni aniqlanishi, shundan so‘ng boshqarish strukturasini tashkil etishga kirishish kerak. Masalan, agar funktsiya miqyosi uncha katta bo‘lmasa, u xolda mazkur korxonada biron - bir bo‘linmani tashkil qilishga yoki qo‘shimcha lavozimni kiritishga xojat bo‘lmaydi.
Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli xal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. Shu nuqtai nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Yüklə 187,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin