12-Mavzu: Missionerlik va prozelitizmning siyosiy-ijtimoiy xavfi



Yüklə 47,67 Kb.
səhifə4/4
tarix21.12.2023
ölçüsü47,67 Kb.
#188616
1   2   3   4
Dinshunoslik 12-mavzu

Krishnani anglash jamiyati qadimgi hind muqaddas kitoblari – Vedalarga asoslangan, yangi paydo bo’lgan diniy birlashmalardan biridir. Dunyo boyicha Krishnachilarning umumiy soni aniq emas. Krishnachilarning ta’kidlashicha, dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.
Jamiyat 1966 yilda AQShda paydo bo’lgan. Asoschisi – A.Ch.Bxaktivedanta Svami Prabxupada. 1970-yillardan e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala boshlagan. 1971 yil iyunda Shrila Prabxupada Moskvaga kelgan. Shu vaqtdan boshlab krishnachilarning sobiq Sho’ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.
Krishnachilar o’z faoliyatida Shrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar. 1990-yillarning o’rtalarida Toshkent shahrida joylashgan Krishnani anglash jamiyati vakillari shaharning turli burchaklarida ibodat kiyimlarida yurib, turli Adabiyotlar sotish bilan shug’ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berildi.
Shunday ekan, missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun tahdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash boyicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
6.3 Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. Missionerlik uchun javobgarlik masalasining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qoyilmaydi», degan qoida mustahkamlab qoyilgan.
Bu ham missionerlik va prozelitizm harakatlari konstitutsiyaviy tamoyillarga butunlay zid ekanini ko’rsatadi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda yuqoridagi konstitutsiyaviy tamoyil yanada konkretlashtirilganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, ushbu Qonunning 5-moddasida «Davlat diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar», degan qoida mustahkamlab qoyilganini ta’kidlash zarur.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish» masalasiga bag’ishlangan moddasida «Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», deb belgilab qoyilganini ham ta’kidlash zarur.
Missionerlikning asl mohiyatini ochib tashlash, uning oldini olish boyicha qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Birinchi galda respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha diniy konfessiyalar vakillarining uchrashuvlari, davra suhbatlari va boshqa shakllardagi muloqotlarini o’tkazishga alohida ahamiyat berilmoqda. Uchrashuvlarda tub aholini masihiy mazhablariga jalb etmaslik, diniy missionerlik faoliyati bilan shuQullanmaslik, o’zbek tilida diniy Adabiyotlarni chop etmaslik va tarqatmaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Olib borilayotgan say-harakatlar natijasida fuqarolararo va millatlararo totuvlikka raxna solish ehtimoli bo’lgan diniy tashkilotlarning royxatdan o’tishlari, ularning da’vat ruhidagi diniy Adabiyotlar tarqatishlarining oldi olinmoqda. Jumladan, diniy materiallar o’rganib chiqilib, missionerlik yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan Adabiyotlarlarning respublika hududiga olib kirilishi taqiqlangan.
Adliya vazirligi va Din ishlari boyicha qo’mita tomonidan diniy tashkilotlarni davlat royxatidan o’tkazishda ularning faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish hamda diniy tashkilotlarning rahbarlari va a’zolari tomonidan amaldagi qonunchilikni chuqur o’rganish va unga og’ishmay amal qilishga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Shu bilan birga, aholi orasida diniy bilimlarni, xususan, yot va zararli diniy oqimlar hamda firqalar haqidagi xolis ma’lumotlarni tarqatish, dindan, diniy qadriyatlardan ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishni kuchaytirish choralari ko’rilmoqda.
Ko’rilayotgan chora-tadbirlar tufayli respublikamizda konfessiyalararo totuvlik va bag’rikenglik ustuvorlik qilmoqda.
Shunday bo’lsa-da, har bir fuqaromizning missionerlikning mohiyatini chuqur anglab etishi, befarqlik va loqaydlikka yo’l qoymagan holda uning oldini olish boyicha ishlarda faol ishtirok etishi ana shu barqarorlik muhitini saqlab qolish va yanada mustahkamlashning kafolati ekanini qayd etish lozim.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

  1. Misseonerlik faoliyati haqida nimalar bilasiz?

  2. Prozelitizm inson e’tiqodiga ta’siri qanday?

  3. Diniy sekta nima?

  4. Bugungi kunda faoliyati taqiqlangan misseonerlik jamoalari qaysilar?

  5. Misseonerlik qarshi kurashda mamlakatimizda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Yüklə 47,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin