12-mavzu. Modellashtirish va modelli-texnik tajriba



Yüklə 16,17 Kb.
tarix23.01.2023
ölçüsü16,17 Kb.
#80347
12-мавзу (1)


12-mavzu. Modellashtirish va modelli-texnik tajriba.
7.8. Model va modellashtirish. Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining aniqlab bilib olish zarur. Model haqiqatdan ob’ektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. SHuningdek u xarakatlanadigan va o‘z namunasi (haqiqiy ob’ekt)ning funksiyalari ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Maket - ob’ektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasavvurdir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o‘ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.
7.9. Texnik modellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo‘linadi.
1-tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan ob’ektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika ob’ektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular ob’ekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. SHu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2-tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki o‘rganilayotgan ob’ektning harakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatlari va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat ob’ektlarning tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
3-tip – funksional o‘xshashligi – tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o‘xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida ishlash o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko‘rsatadi: chizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada etishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
7.10. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u bilish - qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar echish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. SHu faoliyat orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’ektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik ijodkorligidai mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi.
1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik ob’ektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik ob’ekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi;
4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan ob’ektning mazmuni va shaklini keltiradi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish;
7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.
7.11. Modellashtirish va modelli - texnik tajriba. Har xil turdagi texnik ob’ektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum bir texnik ob’ektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha – bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalaga ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik ob’ektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Ikkinchi tomondan bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlashda ta’limning qanday shaklidan foydalaniladi?

  2. Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shakli qanday holatlarda qo‘llaniladi ?

  3. Texnikada ishlatiladigan modellar necha tipga bo‘linadi?

  4. Konstruktorlik hujjatlarga qanday shaklidagi hujjatlar kiradi?

  5. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayoni va o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni qanday jihatlarni qamrab oladi?

Yüklə 16,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin