136
12-MAVZU
.
QIMMATLI QOG„OZLAR BO„YICHA OPERATSIYALAR
HISOBI
REJA
1.
Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli
qog„ozlar hisobi.
2.
Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog„ozlar hisobi.
3.
Qimmatli qog„ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari
hisobi.
4. Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi.
Tayanch so„z va iboralar:qimmatli qog‗ozlar, aksiya, obligatsiya, sertifikat,
veksel, reyestr, ande
rrayting, qimmatli qog‗ozlar birjasi, valuta birjasi, birlamchi
bozor, ikkilamchi bozor, bitim, komission mukofot, davlat xazina veksellari.
137
1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog„ozlar hisobi.
Qimmatli qog„ozlar – bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi
o‗rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi divident
yoki foiz ko‗rinishida daromad to‗lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul
hujjatidir.
Qimmatli qog‗ozlarning bir qancha turlari bo‗lib, ularga aksiya, obligatsiya,
veksel, depozit, jamg‗armali sertifikatlar va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda ko‗pgina tijorat banklari universal bank bo‗lib, ko‗plab bank
operatsiyalari qatori q
immatli qog‗ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat
banklari qimmatli qog‗ozlarning emitentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki
ko‗p banklar aksiyadorlik banklari bo‗lib, o‗z ustav sarmoyalarini shakllantirish
maqsadida aksiyalar chiqaradi
lar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog‗ozlar
bilan investitsion operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog‗ozlar bozorida
sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdisi bilan,
vositachilik operatsiyalar bilan shug‗ullanadilar.
Ti
jorat banklarida qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalari O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-
yil 13-
dekabrda tasdiqlangan ―Tijorat banklarida qimmatli qog‗ozlar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalarn
ing buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi Yo‗riqnoma
asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog‗ozlar bilan bajaradigan operatsiyalaridan
biri bu
– tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‗ozlar chiqarishdir. Amaldagi
qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari,
veksel va boshqa qimmatli qog‗ozlar bozorida muomalada bo‗luvchi qarz
majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‗ozlar chiqarishlari mumkin. Bank
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvch
i qimmatli qog‗ozlar
hisobi ularning nominal qiymati bo‗yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog‗ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‗ozlarning blankalari Markaziy
depozitariyda hisobga oling
anda provodka quyidagicha bo‗ladi:
Debet
90327 -
―Bankning qimmatli qog‗ozlari blankalari‖;
96314 -
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖.
Debet
90329 -
―Bankning hujjatsiz qimmatli qog‗ozlari‖
Kredit
96314 -
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar
hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyatlar‖ bo‗limida
23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar» asosiy balans
hisobvarag‗i ochilgan bo‗lib, uning o‗zi bir nechta hisobvaraqlarga bo‗linadi:
138
23602
— Chiqarilgan obligatsiyalar
23604
— Chiqarilgan jamg‗arma sertifikatlari
23606
— Chiqarilgan depozit sertifikatlari
23608
— Chiqarilgan veksellar
23610
— Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‗ozlar.
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida bank tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog‗ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetidan
so‗ndirilganda yoki so‗ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‗oz egalaridan qayta
sotib olingan bank tomonidan
chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarning nominal qiymati
hisobdan chiqariladi.
Qimmatli qog‗ozlar nominal qiymati bo‗yicha joylashtirilganda quyidagi
buxgalteriya o‗tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet
10101 -
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖ yoki bankning vakillik
hisobvarag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i
Kredit
23600 -
―Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar‖.
Qimmatli qog‗ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan
chiqariladi:
Debet
96314 -
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖
Kredit
90327 -
―Bankning qimmatli qog‗ozlari blankalari‖.
Debet
96314 -
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖
Kredit
90329 -
―Bankning hujjatsiz qimmatli qog‗ozlari‖.
Banklar tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan
ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq
23696 «Chiqarilgan
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha mukofot» hisobvarag‗ida hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida
qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga
sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida
qimmatli qog‗ozlar so‗ndirilganda yoki qimmatli qog‗ozlar qayta sotish maqsadida
sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi.
Debet
10101 -
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖ yoki bankning vakillik
hisobvarag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i – qimmatli qog‗ozni sotish
qiymatiga
Kredit
23600 -
―Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar‖ – qimmatli
qog‗ozning nominal qiymatiga
Kredit
23696 -
―Chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha mukofot (premiya)‖ –
qimmatli qog‗ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‗rtasidagi farq
summasiga.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan
past summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 236
98 «Chiqarilgan
139
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont» (kontr — passiv) hisobvarag‗ida hisobga
olinadi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan past
bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning
kreditid
a qimmatli qog‗ozlar so‗ndirilganda yoki qimmatli qog‗ozlar qayta sotish
maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan diskont summasi aks
ettiriladi.
Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo‗yicha analitik hisob qimmatli
qog‗ozlarning turi, muddati va chiqarilish navbati bo‗yicha ochilgan shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Shunday qilib, qimmatli qog‗oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa,
nominal qiymati va sotish bahosi o‗rtasidagi farq (diskont) 23698 - ―Chiqarilgan
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont (kontr-passiv)‖ hisobvarag‗ining debetiga
sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi orqali o‗tkaziladi:
Debet
10101 -
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖ yoki bankning vakillik
hisobvarag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i – qimmatli qog‗ozni sotish
qiymatiga
Debet
23698 -
―Chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont (kontr-
passiv)‖ – qimmatli qog‗ozni nominal qiymati va sotish qiymati
o‗rtasidagi farq summasiga
Kredit
23600 -
―Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar‖ – qimmatli
qog‗ozni nominal qiymatiga.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha foizli xarajatlar
quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisobvaraqning debetida
to‗langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha to‗lanishi
kerak bo‗lgan hisoblangan foizli xarajatlar, kreditidan noto‗g‗ri hisoblangan
foizlar, mukofot, shuningdek yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib,
31206 -
hisobvarag‗iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Agar bank qimmatli qog‗ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa,
nominal qiymat va sotib olish bahosi o‗rtasida ijobiy farq 45994 – ―Boshqa foizsiz
daromadlar‖ hisobvarag‗ining ―Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‗liq
operatsiyalardan olingan daromadlar‖ alohida shaxsiy hisobvarag‗ining kreditida
aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‗oz balans qiymatidan yuqori
bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‗rtasidagi salbiy farq
55995
– ―Boshqa foizsiz xarajatlar‖ hisobvarag‗ining ―Chiqarilgan qarz
majburiyatlari bilan b
og‗liq operatsiyalar bo‗yicha qilingan xarajatlar‖ alohida
shaxsiy hisobvarag‗ining debetida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |