jumladan fermer xo’jaliklari, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab ikki yil muddatga:
-
daromad (foyda) solig’i va soliqni to’lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo’jaligi tovar
ishlab chiqaruvchi fermer xo’jaliklari.
Yagona yer solig’i bo’yicha quyidagi imtiyozlar belgilangan:
-
ayrim qishloq xo’jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yer solig’ini, yoxud
daromad (foyda) solig’ini to’lashga doir belgilangan imtiyozlar ular berilgan muddat tugagunga
qadar yagona yer solig’ini to’lashga tadbiq etiladi:
-
yagona yer solig’ini hisoblanayotganda soliq olinadigan bazadan O’zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksiga binoan yer solig’iga tortilmaydigan yer uchaskalarining
maydoni chiqarib tashlanadi.
Yagona yer solig’ini to’lovchilar mustaqil ravishda, yer maydoni, ba’zaviy stavkalar va
tuzatish koeffisiyentlaridan kelib chiqib hisoblaydilar.
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarda ularning maydonlari yer tuzish xizmati
tomonidan o’tkaziladigan yer hisobi ma’lumotlari qishloq xo’jaligi ekinlari va maydonlari
asboblar yordamida o’lchash materiallari, shuningdek ixtisoslashtirilgan loyihalash va tadqiqot
tashkilotlari o’tkazgan tekshiruvlarining boshqa materiallari bilan tasdiqlanishi kerak.
Qishloq xo’jaligi yerlarida yagona yer solig’ining ba’zaviy stavkalari qilib quyidagilar
aniqlangan.
Sug’oriladigan yerlar bo’yicha - 1-darajali yerlari (bonitet bali 10 gacha);
-lalmikor yerlar bo’yicha - tekislik zonasi yerlari;
-pichanzor va yaylovlar bo’yicha «cho’l» mintaqasi yerlari;
Har bir yer maydoni turi bo’yicha (sug’oriladigan yerlar, lalmikor yerlar, pichanzorlar,
yaylovlar va hokazo) tegishli ba’zaviy stavkalar va tuzatish koeffisiyentlari qo’llaniladi, ularni
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi umumiy belgilangan tartibda joylarga yetkazadi.
Sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlaridan ba’zaviy stavkalar sifatida tegishli tuman va
shahar bo’yicha tasdiqlangan stavkalar qabul qilinadi.
Lalmi yerlar, pichanzorlar va yaylovlardagi ba’zaviy stavkalar sifatida Qoraqalpog’iston
Respublikasi va viloyatlar bo’yicha tasdiqlangan stavkalar qabul qilinadi.
Ijtimoiy imoratlar, suv havzalari, kanallar, kollektorlar va yo’llar band qilgan yerlar,
shuningdek, qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar bo’yicha ba’zaviy stavkalar
sifatida tegishli tuman va shaharlarning sug’oriladigan yerlari bo’yicha tasdiqlangan stavkalar
qabul qilinadi.
Qishloq xo’jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari xo’jalik faoliyatiga bog’liq
bo’lmagan yagona yer solig’ining hisoblab chiqilgan miqdorini yer uchastkasi joylashgan tuman
byudjetiga, ularga tegishli yerlarning shaharlarda va shaharlarning ma’muriy chegaralarida
joylashgan qismi uchun yagona yer solig’ini soliq to’lovchi ro’yxatdan o’tgan tuman byudjetiga
o’tkazadilar. Yagona yer solig’ining hisoblangan summasi davr xarajatlariga qo’shiladi.
Qishloq xo’jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarga yil davomida yer uchastkasi ajratilgan
oydan boshlab yagona yer solig’I to’lay boshlaydilar. Xo’jalikning yagona yer solig’ini
hisoblash usuli quyida keltirilgan.
Qishloq xo’jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarga yer solig’i bo’yicha imtiyozlar
belgilanganda, ular shunday huquq vujudga kelgan oydan boshlab to’lamaydilar. Imtiyozlarga
ega bo’lish huquqi to’xtatilganda, bunday huquq to’xtatilgandan keyin boshlab yer solig’ini
to’lashni boshlaydilar:
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining xo’jalik faoliyatiga bog’liq bo’lmagan
yagona yer solig’ining hisoblangan summasi yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman
byudjetiga topshiriladi.
21.8-jadval
Dostları ilə paylaş: