12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə17/19
tarix18.12.2022
ölçüsü312,25 Kb.
#75995
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

12.-chizma
Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi
darajasiga ta’siri
Chizmadan ko'rinadiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S1S1 dan S2S2 ga qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W1 dan W2 ga qadar oshirishga erishadilar, Biroq, ishchi kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar sonining Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Aksariyat kasaba uyushmalari o’z a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar. Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga harakatqiladilar. Bu ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmalari uchun xos bo’lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni, ularning malakasidan qat’iy nazar, o’z saflariga a’zo bo’lishiga intiladilar. Bu o’rinda, agar kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq tarzda tashkil etish ham mumkin bo’ladi. Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni ishdan bo’shatib, ular o’rniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo’hnaydilar. Biroq, o’ziga malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay olmaydi, bunday holatda ish beruvchilar bu ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo’lmagan ishchilar bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish zaruratini yo’qqa chiqaradi.Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha ishchilarni birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo’yicha shartnoma tuzishda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatini o’z ta’siri doirasida ushlab tura oladi. Ma’muriyat tomonidan ularning shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni ish tashlashga undash orqali kasaba uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan to’liq mahrum etishi mumkiOchiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi chizma orqali ko’rish mumkin (12.2-chizma).
O chiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarini o’z tarkibiga kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi W1 dan W2 ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizig’i SS dan W2aS ga siljiydi. W2 ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q1 dan Q2 ga qadar qisqartiradilar.
Hozirgi zarnon mehnat munosabatlari o’zida davlatning ta'sirini ham aks ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo’lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o’lchamlarini aniqlaydi. Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo’yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to’lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko’rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo’lgan davlatlarda aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvolini barqarorlasht irishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, o’ziga qisman ishchi o’rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo’yicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni o’qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning o’zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.

Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin