Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turi arming batafsiltavsifi, u yoki bu aniq islmi bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasidarazryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo’ladi). Tarif stavkalaritegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi. Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi . Bunda mamlakat uchun Muhim ahamiyatga ega bo’lgan etakehi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi. Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan oxirgi o’zgarish, 2008 yilning 1 aprelidan boshlab Respublikamizda ish haqining minimal darajasi oyiga 20865 so’m qilib belgilanib, boshqa razryadlarga to’g’ri keladigan ish haqi summasi ham shunga mos ravishda oshiriladi.