faoliyat yuritishni davom etadi va buning uchun har kuni shaharga qatnaydi. Natijada shaharlar
markazlari
asosan tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish
maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqlashib boraverdi.
Bunday ijtimoiy-geografik jarayon
suburbanizatsiya deb ataladi.
Transport va aloqaning
zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti
tarmoqlari va shahar turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi, natijada shahar va
qishloqlardagi yashash sharoiti tobora yaqinlashadi. Ya‟ni, qishloq joylar rasman o‟zining
qishloq maqomini saqlab tursada, aslida tub ma‟noda shaharlashib ketadi. SHahar bilan qishloq
joylar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo‟qolib borish jarayoni
rurbanizatsiya
atamasi bilan yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: