bo„lmagan, sanoat, transport o„rmon xo„jaligi, dam olish uylari,
sanatoriyalar qoshida paydo
bo„lgan kichik posyolkalar qishloq aholi punktlapiga tegishli bo„ladi. Dunyo bo„yicha qishloq
aholi punktlapining umumiy soni mavjud emas. Har bir davlat o„zining ma‟muriy-hududiy
tuzilishidan kelib chiqib qishloqlarni ajratishadi. Masalan, O„zbekistonda rasmiy shahar yoki
shaharcha maqomini olmagan, aholisi 2000 kishigacha bo„lgan, aholisining
deyarli barchasi
qishloq xo„jaligida va u bilan bog„liq tarmoqlarda band bo„lgan aholi punktlapini qishloq aholi
punktlapiga kiritish mumkin.
Qishloq aholi punktlapi unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o„rni, bajaradigan
funksiyasiga ko„ra shaharlardan farq qiladi. Qolaversa, shaharlar uchun qo„yilgan
talablarning
birortasiga qishloqlar javob bermaydi.
Aksariyat qishloq aholi punktlapi bevosita yer bilan chambarchas bog„langan. Yer qishloq
ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan zamini hisoblanadi. Biroq yerlardan
foydalanishdagi va qishloq xo„jaligi ixtisoslashuvidagi tafovutlar iqlim, rel‟ef
hamda tabiiy
sharoit bilan uzviy bog„langanligi tufayli bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi
ishlab chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa,
aksincha, qishloq joylardagi aholi qishloq xo„jaligi bilan juda kam shug„ullanishadi.
Tabiiy sharoit qishloq aholisi punktlapidagi xo„jalik tarmoqlarining ixisoslashuviga hamda
shu asosda kichik-kichik ixtisoslashgan qishloqlarning paydo bo„lishida muhim rol o„ynaydi.
Masalan, dehqonchilik,
qoramolchilik, o„rmon xo„jaligi, tog„-kon va hokazo.
Barcha qishloq aholi punktlapi shaharlar singari o„z bajaradigan funktsiyasiga qarab uchta
asosiy guruhga birlashtiriladi.
1. Qishloq xo„jaligi
2. Qishloq xo„jaligi bilan bog„lanmagan
3. Aralash qishloq aholi punktlapi
Qishloq xo„jaligi bilan bevosita bog„liq bo„lgan, aholisi qishloq xo„jaligi maxsulotlari
yetishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo„lgan aholi punktlapi qishloq xo„jaligiga
ixtisoslashgan aholi punktlapi, deb yuritiladi. Bunday qishloqlar
aholisi odatda dehqonchilik,
bog„dorchilik, uzumchilik hamda chorvachilik bilan shug„ullanadi.
Qishloq aholi punktlapining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq xo„jaligida, qolgani
sanoat, transport, qurilish va xizmat ko„rsatish sohalarida band bo„lgan
qishloq xo‘jaligi
Dostları ilə paylaş: