12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)


Markaziy Osiy mintaqasi tabiiy resurslarga boy



Yüklə 117,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix27.12.2023
ölçüsü117,13 Kb.
#200459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

Markaziy Osiy mintaqasi tabiiy resurslarga boy 
O„zbekiston paxtani eksport qilish bo„yicha jahonda 3-o„rinda, uran zaxiralari 
bo„yicha 7-o„rinda, umumiy oltin zaxiralari bo„yicha 4-o„rinda. 
Qozog„iston sink, xrom, volfram, vanadiy zaxiralari bo„yicha jahonda
1-o„rinda, uran zaxiralari bo„yicha 2-o„rinda, marganets va asbest zaxiralari bo„yicha 
3-o„rinda, qo„rg„oshin zaxiralari bo„yicha 4-o„rinda. 
Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish bo„yicha jahonda 4-o„rinda. Tojikiston 
gidroenergetika zaxiralari bo„yicha jahonda 8-o„rinda. 
Qirg„iziston oltin, simob, uran, volfram ko„mir, neft, gidroenergetika va gaz 
bo„yicha katta zaxira boyliklariga ega. 
Ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasida qudratli davlatlarning manfaatlari 
kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o„choqlariga tutash bo„lgan ushbu 
mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro„y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta‟sirini his 
etmoqda. Shunday ekan tabiiy savol tug„iladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? 
Bu yerda qanday kuch ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki 
hamkorlik va taraqqiyotmi? 
Bu borada O„zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o„zaro ishonchni 
yanada mustahkamlash tarafdori ekanligi alohida ta‟kidlandi. 
O„zbekistonning bosh maqsadi – umumiy sa‟y-harakatlarimiz bilan Markaziy 
Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga 
aylantirishdan iborat. Buning uchun turli nizolarni qo„zg„aydigan va unga 
ko„maklashadigan sabab va omillarga mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda barham 
berish, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy 
rivojlanishni ta‟minlash zarur. 
Mintaqa mamlakatlari taraqqiyotining umumiy ustuvor yo„nalishlarini anglagan 
holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o„tkir mintaqaviy 
masalalarni yechish bo„yicha oqilona murosa yo„lini izlash lozimdir. 
Mamlakatlar uchun munosib kelajakni ta‟minlash uchun hozirgi kunda qanday 
aniq vazifalarni bajarish muhim va zarur? 

Yüklə 117,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin