12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)



Yüklə 117,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü117,13 Kb.
#200459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni



12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash 
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar (2 soat) 
 
Reja: 
1.
O„zbekistonda chuqur o„ylangan o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi vazifalar belgilanishi. 
2.
O„zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo„shnichilik muhitini 
shakllantirish. 
3.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalari 
qo„mitasining tuzilishi. Uning vazifalari va funksiyalarining belgilanishi. 
 
O„zbekistonda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglikni 
ta‟minlash hamda chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi ustuvor yo„nalishlarini belgilashda davlat mustaqilligi va suverenitetini 
mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti 
sifatidagi o„rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirish, mamlakat tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo„shnichilik muhitini 
shakllantirish, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik 
aloqalarini mustahkamlash yaqin istiqbolda amalga oshirilishi ko„zda tutilgan eng 
muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Shu ma‟noda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O„zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar 
strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik 
rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. 
2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo„nalishi bo„yicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, diniy 
bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash hamda chuqur o„ylangan, o„zaro 
manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan 
beshinchi yo„nalishida: 

Xavfsizlik, diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash 
sohasidagi ustuvor yo„nalishlar:O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy 
tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; 

Axborot xavfsizligini ta‟minlash va axborotni himoya qilish tizimini 
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o„z vaqtida va mutanosib 
ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo 
tinchlik va totuvlikni mustahkamlash; 

Davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, O„zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish; 

Atrof-tabiiy muhit, aholi sog„lig„i va genofondiga putur yetkazuvchi 


ekologik muammolarning oldini olish;favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf 
etish tizimini takomillashtirish. 
Chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo„nalishlar: 

Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro 
munosabatlar to„la huquqli subyekti sifatida o„rni va rolini kuchaytirish,
rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish; 

O„zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo„shnichilik 
mintaqasini vujudga keltirish; 

O„zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jahon 
hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni 
yetkazish; 

O„zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini 
normativ-huquqiy bazasini hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish; 
Davlat chegarasining delimitatsiya va demarkatsiya masalalarini hal etish o„z 
aksini topgan. 

Yüklə 117,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin