mandat va vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, mintaqa
davlatlarining ushbu
tuzilmadagi vakillik darajasini oshirish ishlari amalga oshiriladi.
To„rtinchi.
Pandemiya sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‟minlash muammolari keskin tus olmoqda. Jahonning ma‟lum bir mintaqalarida
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshishi va ularning yetishmovchiligi
kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo„jaligi vazirlarining
uchrashuvlarini doimiy ravishda o„tkazib borish haqidagi tashabbus ilgari surilgan.
Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning sifatini
nazorat qilish,
jumladan, xalqaro bozorlarga yetkazib berish bo„yicha aniq
yo„nalishlar va qo„shma dasturlarni belgilab olishga xizmat qiladi.
Beshinchi.
Afsuski, pandemiya hamon aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazib,
iqtisodiyotga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda.
Jahon Sog„liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko„ra, uning oqibatlarini yaqin
yillarda ham his qilinadi. Bularning barchasi Markaziy Osiyo davlatlaridan yaqin
mintaqaviy hamkorlikni va bir- biriga o„zaro yordam ko„rsatib borishni talab qiladi.
Buning uchun vaksinatsiya sertifikatlari va test natijalarini
tan olish maqsadida
yagona axborot tizimini ishga tushirishni, yuqumli kasalliklarning oldini olish,
tashxis qo„yish va davolashda tajriba almashishni
hamda tibbiyot xodimlarini
tayyorlashni kengaytirishni, hayotiy muhim dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun
farmakologiya va kooperatsiya sohasida ilmiy hamkorlikni yo„lga qo„yish zarur.
Dostları ilə paylaş: