HAYOTIY KUZATISHLAR VA DEPRESSIYADA PSIXALAGIK DAVOLASHNI AMALGA OSHIRISHNING YANGI SAMARADOR USULLARI
Reja:
1.Kasalliklarni paydo bo`lishida psixogen omillarning roli.
2.Stress va fiziologik jarayonlar.
3.Psixik jaroxatlar va bemor shaxsining xususiyatlari.
4.Nevroz xolatining psixogen mexanizmi.
Psixogen kasalliklarga ruhiyatga shikast yetkazuvchi omillar ta`sirida paydo bo`lgan nevrozlar va reaktiv psixozlar kiradi. Kuchli ruhiy shikast yetishi natijasida reaktiv psixozlar rivojlanadi. Avvalgidan kuchsizroq, ammo davomli ruhiy ta`sirotlar nevrozlarni paydo qiladi. Psixogen kasalliklar psixozlardan farq qilib, funksional qaytish xususiyatiga ega va shaxsiyatning intellektual-mnestik so`nishi bilan kuzatilmaydi. Ammo shaxs uchun ayniqsa ahamiyatli, surunkali, ruhiy shikastlovchi ta`sir holatlarida vujudga kelgan nevroz va reaktiv psixozlar davomli bo`lishi mumkin.
«Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776 yilda shotland vrachi V.Kollen tomonidan kiritilgan. U bu xastalikni funksional xususiyatga ega ekanligini ta`kidlab, bosh miya strukturasida organik o`zgarishlar bo`lmasligini bayon qildi.
Nevrozlar funksional-qaytish xususiyatiga ega bo`lgan xastalik bo`lib, ruhiyatga shikastlovchi omillar (ko`pincha turmushning bo`lmasligi va kamroq hollarda og`ir ruhiy ta`sirotlar)ga shaxsning reaksiyasidir. Nevroz hosil bo`lishiga boshqa omillar hamda shaxsning kasallikdan oldingi holatlari, masalan, astenik va astenik-psixopatlarda, zaharlanganlarda (alkologizm), uzoq vaqt charchaganlarda va uyqusi yetarlicha uxlamaydiganlarda tez va osonlikcha paydo bo`ladi. Ko`pincha nevroz belgilari asta-sekin, kamroq hollarda to`satdan yuzaga chiqadi. Nevrozlar turli yoshda paydo bo`lsa-da , 25-40 yoshdagi odamlar uchun ko`pincha xosdir. Ruhiy buzilishlarning ko`p uchraydigan turi nevrozdir. Rivojlangan, taraqqiy etgan mamlakatlarda nevrozlar taxminan 5-15 % tarqalgan ,ya`ni har o`ninchi odam nevrozdir.
Barcha ruhiy kasalliklarning 20-22 % nevrozlardir. Bolalar, erkaklar va ayollar nevroz bilan bab-baravar darajada kasallanadilar. Nevrozlar reaktiv psixozlardan farqli o`laroq in`ikos faoliyatining buzilishiga, ruhiy faoliyatining qo’pol buzilishiga olib kelmasada, bemorlarning hayotiy vaziyatlarga moslashuvi o`zgaradi. Bemorlar o`z kasalliklariga to`g`ri va tanqidiy qaray oladilar, ongi saqlanib qoladi va o`z-o`zini boshqara oladilar .
Nevrozlarning quyidagi turlari farqlanadi: nevrasteniya, isterik nevrozlar va miyadan ketmaydigan nevrozlar.
Nevrasteniya (astenik nevroz, holdan toydirish nevrozi). Nevrasteniya mustaqil kasallik sifatida amerakalik ruhiy vrach D.J.Burd tomonidan 1868 yilda tasvirlangan. U nevrasteniyani asab tizimining holdan toyishi, taassurotga chidamsizlik deb qaraydi. Nevrasteniyada kasallik belgilari turli-tumandir.Nevrasteniyaning klinik ko`rinishida asosiy o`rinni astenik sindrom, serjahllik bilan birga kuchaygan qo`zg`auvchanlik, holdan toyish, charchashlik egallaydi.
Nevrasteniyaning klinik ko`rinishida ikki bosqich farq qilinadi: giperstenik - ko`pincha kasallik boshlanishida kuzatiladi va gipostenik. Uni bunday bosqichlarga bo`lish shartlidir, chunki kasallikning rivojida hamma vaqt ham bosqichlarni aniqlashga imkon bo`lmaydi. Nevrozning dastlabki giperstenik fazasi to`la namoyon bo`lganda kasallikning asosiy belgilari qo`zg`aluvchanlik va ta`sirchanlik, o`zini tutib tura olmaslik, sabrsizlik, asabiylik, ichki kuchlanishni sezish, ruhiy va jismoniy charchoqlik bilan qo’shilib, ish qobiliyatini pasaytiradi. Bemorlar ruhiyatiga yengil shikast yetkazuvchi holatlar uchun jiddiy, tez, his-hayajonli va shiddatli reaksiya beradilar. Atrof muhitning avval odatda ta`sir chaqirmaydigan omillarni endi ko`tara olmaslik holati paydo bo`ladi. Hatto nozik tovush, eshik g`ichirlashi, soatning chiqillashi, radio va televizor tovushi, telefon qo’ng`irog`i, kichik, arzimagan tasodifiy janjal bemorlarda sezilarli affektiv reaksiya chaqiradi, bu shunday shiddatli bo`ladiki, bemor o`zini ushlay olmaydi, hayron qolib baqiradi, oyoqlarini tapillatadi. Bunday reaksiya uchun uning labilligi, qisqa vaqt bo`lishi, tez o`tishi, so`ngra umumiy bo`shashish, ko`z yoshi bilan uzoqqa cho`ziladi. Abu Ali Ibn Sino nevrasteniyaning bir qator belgilarini keltiradi: ortiqcha ta`sirchanlik, o`ynoqi kayfiyat, uyqu va ishtahaning yoqolishi, shunday bemorlarning tashqi ta`sirotlarga ta`sirchan-beriluvchan bo`lib qolishi, masalan, yorqin yorug`lik, qattiq tovush va boshqalar shular jumlasidandir.Uning ta`kidlashicha, «odamning yuragi va miyasi arzimagan ta`sirotlarga kuchli javob qaytarsa, bunday odam arzimagan narsadan jahli chiqib o`zini –o`zi ushlay olmasa, agar bemor uchun baland tovushlar, kuchli hidlar va yorqin bo`yoqlar noxushlik tug`dirsa, uning ko`ngli, qalbi bo`shashgan bo`ladi ».
Bosh og`rig`ini Ibn Sino boshqa omillar bilan bir qatorda ruhiy «tashvishlardan », «og`ir ruhiy jarayonlardan yoki badan harakatidan» kelib chiqishiga ishora qiladi. Ko`pgina bemorlar o`zlarini juda ezilgan hisoblaydilar, o`zlarining turli ishlari va xizmatlari cheksizligidan ular hech qachon ishlarini oxirigacha yetkazmaydilar, ularga hamisha vaqti yetishmaydi, doimo shoshib yuradilar va jonsaraklikdan qutula olmaydilar. Juda tez ta`sirlanuvchan bo`lib qolganlaridan yaqinlari va xizmatdoshlari, hatto notanish odamlar bilan ham janjanlashib qoladilar. Odatda ular o`zlarini yomon his qilayotgani, jismoniy va ruhiy toliqishi, bo`shashib ketayotganligini, odatdagi ishni uddalay olmayotgani, tez-tez charchab qolishi, ish qobiliyatini va unumning pasaygani , tinka –madori qurib ketayotgani, xotirasi pasayib, eslash qobiliyati susayganligidan shikoyat qiladilar. Ammo bosh miyaning organik kasalligida (serebral ateroskleroz, insul`tdan keyingi holat, bosh miya shikastida ) kuzatiladigan kabi emasdir, balki diqqatning susayganligi, fikrning tarqoqligi, uzoq vaqt o`tirib aqliy mehnat qila olmasligining mahsulidir. Nevrasteniya uchun « uyqu va uyg`oqlik » siklining buzilishi tavsiflidir. Bu uzoq vaqt qiynalib uxlay olmaslik, hayajonli yuza uyqu, arzimagan shovqindan yoki o`zining uyqudagi harakatidan o`zi uyg`onib ketishida namoyon bo`ladi. Ko`pincha bemorlar kunduzgi tashvishlarining uyquda davom etishidan shikoyat qiladilar. Ertalab bemorlar zo`rg`a turadilar, o`zlarini loqayd sezadilar, ishlagan, dam olmagan odamdek his qiladilar. Boshlari og`ir bo`lib turadilar .
Tomog`iga bir narsa tiqilgandek bo`lishi juda xosdir. Isterik reaksiyalar tarkibida yotgan somatovegetativ faoliyatning buzilishi Ibn Sino diqqatini o`ziga tortdi. U juda ko`p klinik kuzatishlarda boshdan kechirgan ruhiy jarayonlar (g`am, g`azab, achinish va boshqa ruhiy kechinmalar) oshqozon-ichak yullarida ich surishni, qabziyatni, qusishni, yurak sohasida og`riqni, yuragi urib ketishini, boshi aylanishini, og`rishini, terining oqarishi yoki qizarishini chaqirishi mumkin deb yozadi.
Keyingi o`n yillikda isterik nevroz ko`rinishi o`zgardi (B. D. Karvasarskiy va b., 1980). Ruhiy namoyishkorona va harakat buzilishlari bilan kechuvchi tutqanoq, oshqozon pilorik qismining spazmi bilan kechuvchi, tashqi ko`rinishidan o`tkir qorin og’riq ko`rinishiga o`xshash holat, soxta homiladorlik ko`rinishidagi meteorizm va boshqalar ruhiy amaliyotda hamon uchrasa-da, asta-sekin ikkinchi o`ringa o`tib, o`z o`rnini somatiklashgan isterik genezga (kelib chiqishga) ega vegetativ o`zgarishlarga bo`shatib berayapti. Endi ko`proq hollarda isterik nevrozlarda turli nevrologik va somatik kasallikdan imitasiya bo`layapti. Isterik ko`rinishlar ko`pincha markaziy asab tizimining tomirli (miya tomirlarini qisadigan) infeksion-allergik kasalligi (serebral vaskulit, leptomeningit, meningo-ensefalit, bosh va orqa miyaning hajm buzilishi) alomatlarini eslatadi. Havo yetishmayotgandek tuyulib, bo`g`ilish bilan davom etadi va bronxial astmani eslatadi (psevdoastmatik xuruj). Yurak urib ketishi, yurak sohasidagi og`riqlar stenokardiya yoki miokard infarkti xurujini eslatadi. Turli kasalliklarning ko`rinishiga o`xshash hodisalar shakllanishi kuzatiladigan isterik nevroz buzilishlarining qaysi kasallikka o`xshashini uzoq vaqt kuzatgan shifokor yoki u bilan yashagan qarindoshlari yaxshi biladilar.
Isterik ruhiy shikastalik ko’rinishlari his -hayajonli ko`rinishda bo`lishi bilan diqqatni o`ziga jalb qiladi va bemorlar o`zlarining boshidan kechirgan og`ir, qo`rqinchli hodisalarini katta xohish bilan so`zlab berishadi. Affektiv buzilishlar o`ynoqi hayajon bilan tavsiflanadi, bemor kayfiyati tez o`zgaradi, u ko`z yoshi qiladi, unda kuchli affektiv ta`sirotlarga moyillik bo`ladi, ko`pincha ho`ngrab yig`lashga o`tadi. Xotira va tafakkuri aniq, obrazli hodisalarni tashqi tomondan aks ettiradi, mushohadasi sayoz, tafakkurida «hayajonga berilish» yetakchilik qiladi. Bu holat ko`pincha rahm-shafqatning susayishi, odobsizlik bilan qo`shilib ketadi, bemorlar hammaning diqqatini o`ziga qaratgisi keladi.
Isterik reaksiyalar har zamonda paydo bo`lib, qisqa vaqt davom etishi va davo choralarisiz tuzalishi mumkin. Boshqa hollarda isterik holatlar uzoq davom etishi mumkin. Ammo isterik ko`rinishlarning yo`qolishi hali kasallikning tuzalib ketishini bildirmaydi. Qator hollarda isterik, holat o`rniga boshqa asabiy sindromlar (ipoxondrik, fobik, nevrastenik) hamda isterik nevrozda shaxsning isterik taraqqiyotiga transformasiyam bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |