CHo`zilgan reaktiv psixozlar CHo`zilgan reaktiv psixozlar o`tkir shok reaksiyalariga nisbatan ko`pincha uzoq davom etadi, kamroq hollarda qisqa bo`lsa-da ko`p marta qaytarilgan ruhiy jarohatdan so`ng rivojlanadi. Odatda ruhiy psixozlar ruhiy jarohatdan bir oz vaqt o`tganidan so`ng rivojlanadi. Agar o`tkir shok reaksiyalari falokat, fojia, urushlar davrida paydo bo`lsa, cho`zilgan ruhiy reaksiyalar bemorning shikoyatiga tegishli sabablar orqali (yaqinlarining o`limi, er-xotinning xatti-harakati, ishidagi jiddiy janjallar va boshqalar) vujudga keladi. SHunga o`xshash psixogen reaksiyalar uchun xos bo`lgani reaktiv depressiya va reaktiv paranoiddir.
Reaktiv depressiya Reaktiv psixozlar ichida klinik ko`rinishida depressiv sindrom tashkil etadigan tarqalgan shakllaridan biridir. Psixogen deiressiyalar depressiyaning tez-tez uchraydigan shaklidir. F. I. Ivanova (1970) buyicha depressiv holatlar umumiy reaktiv psixozlarning 10% ini, N. A. Kantarovich bo`yicha 43% ini tashkil etadi. Depressiv reaksiyalarning genezi ancha murakkab. Reaktiv depressiyaning vujudga kelishida ruhiy jarohat bilan bir qatorda boshqa omillar—nasliy konstitusiya, yosh, somatik kasalliklar ahamiyatga egadir. Reaktiv depressiya klinikasi tushkunlik kayfiyatidan, harakat susayganligidan, ma`rifiysizlik qo`rquv, ishonchsizlik, o`z qayg`ularining, alohidaligidan iborat bo`ladi. O`z kechinmalarida bemor ko`proq o`zidan ko`ra o`zgalarni ayblaydi. O`zini-o`zi ayblash kamroq uchraydi. Og`irroq holatlarda suisidal moyilliklar bo`lib o`tishi mumkin. Bemor uchun butun ongini, aqlini bo`lib o`tgan ruhiy jarohat manbaiga qaratiladi, boshidan kechirgani uzoq vaqt hayolidan ketmaydi, bu muammoning faolligi susaymaydi. SHuning uchun odatda jim yuruvchi bemorlar kuchli depressiv reaksiya beradi, to`satdan bo`lgan voqea haqida eslatilsa, u g`azablangan holda uzoq vaqt o`sha mavzu haqida gapirishi mumkin.
Bemorlarning barcha diqqati o`zlari uchun falokatli mavzuga qaratilgan bo`ladi, baxtsizlik xodisasiga qayta-qayta qaytadilar, bo`lgan voqea aybdori ustida o`ta qimmatli g`oyalar aytiladi. Bemorlarning uyqusi va ishtaxasi buziladi (ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida), ko`pincha ovqat yeyishdan bosh tortadilar.
Reaktiv depressiyaning kechishi uni vujudga keltirgan jarohat tavsifiga bog`liq bo`lib, xaftalab va oylab cho`zilishi mumkin, ammo depressiya sog`lomlashish bilan tugaydi. Differensial tashxis uchun reaktiv boshlangan endogen yoki presenil depressiya, yoki serebral ateroskleroz fonida vujudga kelgan depressiya keyinchalik qaytalanishi mumkin. Maniakal-depressiv sind-romdagi yoki shizofreniyadagi endogen depressiyadan farqli o`laroq bu depressiyani «yig`loqi» deb atash mumkin, chunki jaroxatlaigan vaziyat haqida gap ketsa, bemorlar ko`pincha yig`laydilar. Endogen depressiyaga xos bo`lgan harakat sustligi uncha ifodalanmagan differensial tashxisda bemorlarning kechinmalarida jarohatlaydigai omillar in`ikosi bo`lib, uning kechinmalari «tushunarlidir».