16
o’rganish, keng jamoatchilik asosida tadqiq qilish, ularni bolalarning jismoniy madaniyati
jarayoniga tadqiq etish, ayni muddaodir.
Milliy harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishning o’ziga xos tomonlari
mavjud. Shuning uchun ham, o’yinning nozik tomonlarini bilishning ahamiyati kattadir.
Chunki xalq o’yinlari shunchaki biolalarni sog’lomlashtirishga qaratilgan emas, ular
yosh avlodga eski qadriyatlarni yetkazish jarayoni bilan ham bog’liqdir, shuning uchun
ham xalq o’yinlarini o’tkazish jarayonini eski odatlarda qanday bo’lsa, xuddi shunday
usulda o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Xalq harakatli o’yinlarini tashkillashning o’z me’zoni bo’lib, ular quyidagichadir.
- O’yinni boshlash uchun qur’a tashlash
- O’yinni tamomlash
- Rag’batlantirish
Chunki o’yin mazmunini to’liq ochib beradigan o’ziga xos xususiyatlarini
bilmasdan turib sog’lomlashtirish, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni, jismoniy sifatlarni
(tezkorlik, chidamlilik, kuch, chaqqonlik va boshqalarni) tarbiyalab bo’lmaydi. Xalqning
mehr qo’ri bilan yaratilgan har bir o’yini, o’yinning umrboqiyligi, unga qanday
munosabatda bo’lishiga ham bog’liq. Binobarin, o’yin har bir xalqning qalb ohanglari,
hayol tashvishlar va quvonchlarni, turmush tarzini, xususiyatlarini belgilaydi. Uni saqlab,
e’zozlab, me’yoriga etkazib o’ynay bilish faqat shu xalq vakiligagina xosdir. Birorta
millat o’zgalar o’yinini, ularchalik zavq-shavq bilan, ko’tarinki ruh bilan o’ynay olmaydi.
Sababi har bir millat o’ziga xos uslubga, xususiyatga ega. Bu esa shu millatga ona tabiat
tomonidan berilgan in’omdir, ne’matdir. Uni ko’r-ko’rona o’zgartirish mumkin emas,
o’zgartirishlarni turmushning o’zi taraqqiyot, rivojlanish, turmush tarzidan kelib chiqib
kiritib boradi.
Dostları ilə paylaş: