O’yinni boshlash. O’yinni boshlash jarayoni, albatta, ko’pincha komandalar yoki
yakka shaxslarni o’zlariga nom tanlash jarayoni bilan bog’lanadi.
Bunda albatta
tarbiyachining roli katta ahamiyatga ega bo’lib, bolalarga asosan o’tmishimiz,
milliyligimizni yodga soladigan nomlarni «Alpomish», «Barchinoy», «Chaqqonlar»,
“Epchillar» kabilarni tavsiya qiladilar. O’ynash bilan birgalikda bolalar bu nomlarning
17
etimologiyasiga qiziqish bildiradilar, sevimli multfilm qahramonlari kabi xotirada
saqlaydilar.
O’yinni boshlash uchun qur’a tashlash. Ko’pchilik ota-onalar farzandiga qanday
ta’lim-tarbiya berishni puxta o’ylaydilar, yomon illatlar o’rganmasin deb
omma oldiga
chiqarishga cho’chiydilar, farzand kelajagi haqida tashvishlanadilar, bolasini halol,
rostgo’y inson bo’lishini xohlaydilar.
Xalq harakatli o’yinlarining
asosiy shartlaridan biri qur’a yoki
chek tashlash esa bo’lajak o’yinning
haqqoniy, shiddatli, qizg’in o’tishiga
kafolat beradi, g’irromchilikni oldini
oladi va
aynan yuqoridagi ota-onani
tashvishlantirgan savollarga javob
beribgina
qolmay,
bolaning
tarbiyasida ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Milliy
xalq
harakatli
o’yinlarini
boshlash
uchun,
asosan, chek tashlashning to’rt xil
usulidan foydalaniladi:
1) og’zaki;
2) biror buyumni tashlash;
3)
biror buyumni yashirish;
4) sanoq termalari.
Zamonaviy
dunyoda
PUBG,
Contor, ZUMA kabi bir xil o’yinlardan zerikkan bolalar uchun ushbu xalq o’yinlari, qur’a
tashlash faoliyati va xattoki qur’a so’zining o’zi ham juda qiziq tuyuladi va jarayon bolani
tamomila bolani o’ziga qamrab oladi.
O’yinni tamomlash jarayoni eng hayajonli jarayon bo’lib, bunda bolalarga turli
sovrinlar va medallar berilishi va yoki har bir jamoaga turli nominatsiya (“eng chaqqon
jamoa») taqdim etilishi mumkin. Ayniqsa, yakkalik o’yinlarda g’olib bo’lgan
18
bolakayning qo’lini yuqoriga ko’tarish bolaning murg’ak qalbida o’zgacha
iftixor
uyg’otadi.
Eng asosiysi, ushbu harakatli o’yinlar ko’pincha sharoit va maxsus o’yin qurollarini
tanlamaydi, ular asosan og’zaki nutqqa va jismoniylikka asoslanadi. Shuningdek, deyarli
barcha o’yinlar o’g’il bolalar o’rtasida ham, qiz bolalar o’rtasida ham birdek sevib
o’ynaladi. Ularning aynan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun asos qilib
olinganligida ham o’ziga xos maqsad bo’lib, bolalar
kichik yoshligidan Vatanga
muhabbat, qadriyatlarimizga ehtirom ruhida tarbiya topishligidadir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirzayeva, D. (2019). THE CONCEPT OF" FRIENDSHIP" IN UZBEK AND
ENGLISH LINGUISTIC CULTURE. Мировая наука, (11), 29-32
2.
Mirzaeva, D. (2021). THE ROLE OF PAREMIA IN THE SYSTEM OF
NATIONAL CULTURAL HERITAGE. Журнал иностранных языков и
лингвистики, 2(3)
3. Mirzayeva, D. I., & Sayfidinova, A. T. (2022). NABOTOT OLAMINING
FRAZEOLOGIK BIRIKMALARINING QIYOSIY TAHLILI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 681-687.
4. Usmonxo’jayev T.S., Xojayev.F. Harakatli o’yinlar. - Т., 1992.
5. Usmonxo’jayev T.S, Meliyev X. Milliy harakatli o’yinlar. - Т., 2000.
6. Normurodov A N. O’zbek milliy o’yinlari. - Т., 1999.
7. Usmonxo’jayev T.S., X o ja y e v F. 1001 o’yin. - Т., 1990.