12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Fаlsаfаdа substаntsiya muаmmоsi. Mаtеriya tushunchаsi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə25/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

27.Fаlsаfаdа substаntsiya muаmmоsi. Mаtеriya tushunchаsi.

Substansiya — muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning xilma-xil ko‘rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta’limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, g‘oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm tarafdorlari. g‘oyani, ruhni oluvchilar esa — idealistik monizm tarafdorlari hisoblanadilar. Shuningdek, olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham g‘oya yoki ruh yotadi deb hisoblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis — ikkilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu, Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis — ko‘pchilik so‘zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi.

Olamning namoyon bolish shakllari xilma-xildir. Faqat moddiy jismlarnigina o‘ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya’ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma’naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo‘lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bolish imkoniyati bor va bolishi mumkin bolgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi talabaligingiz aktual olamga mansub bolsa, kelajakda mutaxassis bolib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir. Olamning mavjudligi shubhasiz bolgan va barcha e’tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bolishi ehtimoli bolgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtual is — ehtimoldagi degan ma’noni beradi). Aniq ma’lum bolgan olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi abstrakt olam deyiladi.

Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma’lum bolgan, tan olingan hayoti real olamga mansub bolsa, uning xayoliy rejalari virtual olamga, uning o‘zi va atrofidagilar konkret olamga, kelajakka yo‘nalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir.

Odam o‘z rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potensial olamining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi. Odam olamda boshqalardan ajralib, yakka-yu yagona bolib emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bolib yashaydi. Odamlar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Odamlar jamiyatdagi o‘zaro munosabatlari, faoliyatlari, o‘y-xayollari, ideallari, maqsad va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi.

Odamning jamiyatdagi boshqalar bilan birgalikdagi ijtimoiy faoliyati, ularning har biriga xos bolgan takrorlanmas individual olamlariga bogliqdir. Individual olam, ayni paytda tashqi olamni ham, ijtimoiy olamni ham aks ettiradi, o‘zida ifodalaydi. Bular bir-birlari bilan chambarchas bogliqdi




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin