12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Tаrаqqiyot to’g’risidаgi tа’limоtlаr, tаrаqqiyotning yalpi umumiy qоnuniyatlаri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə26/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

28.Tаrаqqiyot to’g’risidаgi tа’limоtlаr, tаrаqqiyotning yalpi umumiy qоnuniyatlаri.

Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bolishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bolgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.

Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bolibdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bolib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bolgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bolgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.

Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos - ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bolishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim

va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yollari va usullari ustida bosh qotirishadi.

Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga olishga sabab boladi. Olam turli-tuman bolganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bolmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bolgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga olishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin