12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə53/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

G’arb falsafasida inson. Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o’rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga nisbatan kosmosentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko’proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o’ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o’rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.

Kosmosentrizm nuqtai nazaridan inson avvalo kosmosning bir qismi sifatida, «kichkina dunyo» sifatida (Demokrit), ba’zan jonli organizm sifatida tasavvur qilinadigan makrokosm bilan uzviy bog’liq bo’lgan mikrokosm sifatida idrok etiladi. Antik faylasuflar Koinotni va unda mavjud tartibni tushunish orqali insonning o’zini ham anglab yetish mumkin deb hisoblaganlar (Platon, Aristotel). Bunda tafakkur, bilim, aql-zakovat va donishmandlik muhim rol o’ynagani bois, ular doim kosmosentristlar tomonidan yuksak baholangan, inson va uning qobiliyatlariga baho berishda birinchi o’ringa qo’yilgan.



Bunday qarashlar Yevropa falsafiy an’anasida V asrgacha, ularning o’rnini teosentrizm konsepsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Bu konsepsiyaga muvofiq hamma narsani Xudo belgilaydi. Xristianlikning mohiyatini aks ettiruvchi turli kreasionistik nazariyalarga ko’ra butun dunyo, shu jumladan jonli dunyo (o’simliklar, hayvonlar, inson) darhol va o’zining mukammal ko’rinishida yaratilgan. Injilning dunyo olti kunda yaratilgani haqidagi rivoyatiga asoslangan bu nuqtai nazar yevropaliklar tafakkurida Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo’lgunicha, ya’ni XIX asrning o’rtalariga qadar hukm surdi. Xristianlar dunyosida dindor odamlar orasida u bugungi kunda ham amal qilmoqda.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin