8.Оng vа ijоd.
Ongning tarkibiy elementlari bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va ongga inson hayoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan bir qancha funktsiyalarni ta'minlaydi. Ongning birinchi funktsiyasi bilish yoki aks ettirish, ya'ni insonni qurshagan voqelik haqida bilimlar olishdir. Bilish faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va mavhum fikrlash sari yuksaladi. Hissiy bilish bosqichida rang-barang ashyoviy material to‘planadi va keyinchalik u mavhum
fikrlash yo‘li bilan umumlashtiriladi. Shu tariya ong eng muhim hodisalarning mohiyatini anglaydi va ularga bo‘ysunuvchi ob'ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi. Bilish funktsiyasidan barcha funktsiyalar kelib chiyadi.
Ongning bilish funktsiyasi jamg‘arish funktsiyasini belgilaydi. U bevosita, shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki o‘tmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa funktsiyalarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Inson xotirasi qancha boy bo‘lsa, u optimal qarorlar qabul qilishi shuncha osonlashadi.
Ongning aksiologik funktsiyasi (baholash funktsiyasi)da inson tashqi dunyo haqida ma'lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni o‘z ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholaydi.
Ongning baholash funktsiyasi bevosita maqsadni shakllantirish funktsiyasiga o‘tadi. Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof insoniy qobiliyat.
Ongning ijod funktsiyasida insonning oliy imkoniyatlari namoyon bo‘ladi.
Maqsadga intiluvchanlik, ya'ni inson o‘z harakatlarini ―nima uchun‖ va ―nimaga erishish yo‘lida‖ amalga oshirishini anglab etish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni ro‘yobga chiqarish muayyan vositalarni, ya'ni maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda tutadi.
Ongning kommunikativ (aloqa) funktsiyasida odamlar umumiy mehnatda ishtirok etadilar va bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarga kirishishga doimo muhtoj bo‘ladilar. Fikrlarning bu aloqasi nutq orqali (ovozli aloqa) va texnika vositalari yordamida amalga oshiriladi. SHuni e‘tiborga olish kerakki, yozma matnlarda (kitoblar, jurnal va gazetalar va sh.k.lar.)da bilim emas, balki axborotgina saqlanadi.
Axborot bilimga aylanishi uchun u sub'ektivlashtirilishi lozim. Ayni shu sababli bosma so‘zni tarqatish bayon etilgan axborot bilimga aylanishining kafolati emas, balki sharti hisoblanadi. Axborot bilimga aylanishi uchun qo‘shimcha kuch-g‘ayrat sarflash talab etiladi.
Shaxs ongining mantiyiy siklini tartibga solish (boshqaruv) funktsiyasi yakunlaydi. Ong omillarga baho berish asosida va qo‘yilgan maqsadga muvofiy inson harakatlarini, keyinchalik esa – jamoalarning haraktlarini ham boshqaradi, tartibga soladi. Ongning tartibga solish funktsiyasi insonning o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro aloqasiga bog‘liq bo‘ladi va ikki shaklda: da'vat etuvchi tartibga solish va ijroni tartibga solish shakllarida amal qiladi.
Xullas, ongning bosh funktsiyalari ana shulardan iborat. Ularning uyg‘un rivojlanishigina oxir-oqibatda intellektual va ma'naviy jihatdan komil insonni tarbiyalash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |