12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Fаlsаfаning bаhs mаvzusi, muаmmоlаri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə12/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

9.Fаlsаfаning bаhs mаvzusi, muаmmоlаri.

Falsafaning predmeti va asosiy baxs mavzulari.

Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlaridan biridir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida baxs yuritadigan fandir.

«Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidagi «Filosofiya» so’zidan olingan bo’lib va u lug’aviy ma’noda «donishmandlikni sevish» («filo» - sevaman, «Sofiya» - donolik) degan mazmunni anglatadi.

«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi bo’lmish falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Qadimgi Yunonistonda «filosofiya» atamasini dastlab matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, alloma Pifagor ishlatgan.

Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya o’yinlari misolida quyidagicha tushintirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh savdo-sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchinchisi esa, o’yindan ma’naviy oziq olish, bellashuv va tortishuv asosida yotgan haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko’ra, faylasuflar edi. Bu bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va kata hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuflar deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanganlar.

Falsafa donishmandlik haqidagi ta’limot ekan, u holda donishmanlikning o’zi nima? Qadimgi yunon faylasufi Diogen (taxminan e.a. 400-325 y)dan «Donishmand kim? – deb so’rashganda, u «Haqiqiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni sevguvchilarmiz», - degan. Demak, donishmandlikni sevguvchilar donolik tafakkuri bilan dunyoni, o’zligini bilishga intiluvchilardir. Suqrot (e.a. 470-399 y) o’z-o’zini yerga urish tubanlashish, o’zligini anglash, o’zligini yuqori tutish esa donishmandlikdir, degan edi.

Yevropa madaniyatiga esa u atoqli yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’ridagi «fanlarning otasi», ya’ni fanlarning faniga aylangan.

Falsafiy tafakkur olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, mavhumlashtirib, o’zaro bog’liklikda va rivojlanishda o’rganib, ularning mohiyatini chuqurroq va to’laroq bilishdir. Falsafa fanlar ichidagi fandir, tafakkur madaniyatidir.

Falsafiy tafakkur insonning o’z-o’zini anglashidan boshlanadi, uning olam haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi. Vatandoshimiz, sharqda mashxur bo’lgan faylasuf Aziziddin Nasafiy shunday degan: «Ey darvesh, ulug’ olamning avvalu oxiri, zoxiru botini, mohiyat va shakllarini anglab yetish uchun o’zingning mohiyatingni, zoxir va botinigni anglab yetkin. Bundan boshqa yo’l yo’q[1].

Inson bilishining obyekti bo’lgan olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham cheksizdir. Bu savollarga javob izlash bizning kunlarimizgacha davom etib kelmoqda, bundan keyin ham davom eta beradi.

2005 yilning 28 dekabr kuni birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yoshlik» talabalar shaharida ta’qidlaganidek: «Dunyoni anglash, hayot va jamiyat qonuniyatlarini har tomonlama idrok etish, yer yuzidagi turli xalqlar va millatlar dunyoqarashi, g’oyasi, maslak-muddaolarini bilish, uchun ham falsafa fanini keng va atroflicha o’rganish darkor. Bir so’z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish – davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g’oyasi, falsafasini ko’proq bilishimiz, kerak bo’lsa, uning o’zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim[2].

Falsafiy bilimlar – olamni sezish va idroq etish. (masalan, badiiy idroq etish) shakllariga nisbatan yuqori maqomdagi bilimlardandir. Chunonchi, olamni bilish va tushunish kabi, «olam-odam» munosabatlari falsafiy dunyoqarashda esa o’ziga xos ravishda hal etiladi.

Boshqacha qilib aytsak, falsafa fani olam va odam o’zaro aloqadorlikda, yakka holda va umumbashariyat holida tushunishga intilishi tufayli shakllangan. Xullas, falsafa fani inson va olam munosabatlarini aqliy, nazariy va mantiqiy asoslarda, dalillar, tamoyillar, o’y-mushohadali qarashlar asosida o’rganadi va odamga hayot ma’nosini to’g’ri idrok etishga imkon tug’diradi. Falsafiy qarashlarni har doim ham keng tarqalgan fikrlarga mos kelishi yoki unga zid kelishi shart emas.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin