58.Аlishеr Nаvоiyning fаlsаfiy qаrаshlаri.
XV asr falsafiy adabiy-Estetik tafakkuri taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Buyuk shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy o‘zidan keyingi avlodlarga ulkan adabiy-badiiy xazina, go‘zallik bilan nurafshon bir meros qoldirdiki, bu meros hali to‘la o‘rganilgan emas.
Navoiy falsafiy, adabiy-Estetik qarashlari markazida komil inson tarbiyasi, uning olam go‘zalliklari orasidagi hayot tarzi qanday bo‘lishi kerak, degan masala turadi.
Alisher Navoiy ijodi - badiiy, tarixiy, ilmiy-falsafiy asarlarining har bir satrida so‘z - dur-javohirga aylangan va go‘zallik bilan zarhallanib jilolantirilgan. Navoiy go‘zallikni, nafis san’atni yuksak qadrlab, nafis san’at inson ma’naviy olami, kamoli uchun kalit ekanini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy nazarida bahor chamanlari, luisn-u jamol gulshani, mangu yashilligini yo‘qotmagan savr-u shamshodlari va aksincha, xazon fasli, ravza ashjori (jannat daraxtlari)ning ishq va hijron gulxanlarida kuyib-yonishi, lola qonin to‘kuvchi cliarx, gulzorsiz qolgan bulbullar - barchasi ruhlar olamidadir:
Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyoru yorsiz,
Bulbul o‘lg‘ondek xazon fasli gul-u gulzorsiz.
Goh sarv uzra, gahi gul uzra bulbul nag‘masoz,
Vahki, menmen gung-u lol, ul sarvi gulruxsorsiz.
Baytlar davomida shoir aytadi: jannalda dildorsiz, ya’ni ishqsiz, yonishsiz (faqat yeb-ichish va mol-mulk daxlida) bir dam o‘lsam, jannat daraxtlari go‘zal ko‘rinmaydi, ular nazannula o‘likday, daraxtlarning gullari esa olovdek jonimni kuydiradi,
Uning yozgan g‘azallaridan binning mazmuni butulay: bizga yana bir shifo dorisi berilgan bolib, uni san’at deb alaydilar, go‘zallik yaratuvchi san’atkorlar chizgan rasmlar mo‘jizakordir. Ular inson ruhiga mayin ta’sir qilish qudratiga ega.
Navoiy o‘zining “Farhod va Shirin” dotsonida Farhod devorlarni suratlar bilan bezab, ularda Shirin rasmini chizganligini, ayni vaqtda Shirin go‘zal hur-parilar qurshovida ham o‘zining beqiyos husni bilan ajralib turgani tasvir etilganini hikoya qiladi.
Navoiyning adabiy, tarixiy va falsafiy asarlarida go‘zallik, nafis san’at haqidagi tikrlar itsagancha topiladi, Shu bilan birga uning adabiy-Estetik qarashlari «Majolis un-nafois», «Mezon ul-avzon» va«Mufrado» asarlarida yanada yorqin ifodasini topgan. «Majolis un-nafois»da 450 dan ziyod shoirning hayoli va ijodi haqida so‘z yuritilib, ular ijodining ko‘rsatuvchi asarlaridan misollar keltiradi, ularniug yutuq| va kamchiliklarini baholaydi.
Navoiy davrida kosiblar, hunarmandlar, utsalar, naqqoshlar, sozandalar, hofizlar, olimlar, amirlar va amaldorlar ham she’r yozganlar. Bular turli estetik nuqtayi nazardagi kishilar bo‘lib, ular orasida «izhori fazilat», «yermak» uchun she’r yozadigan shaklbozlar ham bo‘lgan. Navoiy shu xil shoirlarni qattiq tanqid qiladi.
Navoiy badiiy so‘z san’atining, estetik, hissiy-ruhiy quvvatini alohida ta’kidlar ekan, shoir-san’atkor xulq-atvoriga va estetik madaniyatiga alohida o‘rin ajratadi. Chunki, odob-axloq islom estetikasining tarkibiy qismi bo‘lib, musulmon kishi hayoti va faoliyati odob qoidalari mezoni bilan baholanadi. S’hu tariqa Navoiy she’r sohiblarining kamtarlik, himmatlilik xushmuomalalilik, saxiylik kabi fazilatlarini ulug‘laydi.
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini jahon miqyosiga ko‘targan va insoniyat madaniyati, estetikasi xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobidir. U yashagan davrda Sharqning madaniy markazlaridan biri bo’lgan Hirotda hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, adabiyot, san’at, me’morchilik keng rivoj topdi.
Dostları ilə paylaş: |