12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə66/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

70.Bоrliqning аsоsiy shаkllаri.

Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos ‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir. Tabiat borlig‟i. U mufassallashtiriladi va o‘z navbatida ,birlamchi tabiat borlig‘i (ya‘ni inson va uning faoliyatidan qat‘i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i)ga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – bu butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‘ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya‘ni sayyoramiz hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob‘ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini to‘gan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va ma‘naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir. Inson borlig‟ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta‘minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini to‘adi; Ma‟naviy borliq sub‘ektiv individuallashgan va ob‘ektiv (noindividual) ma‘naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma‘naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g‘oyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. SHaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud. Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya‘ni o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab etishi, ya‘ni o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos markazidir. Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma‘naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi; Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning o‘z borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlabchiqarish jamoasi, millatning a‘zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so‘z yuritiladi. Virtual borliq tushunchasi. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kom‘yuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob‘ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari

yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kom‘yuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan kom‘yuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir. Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydobo‘lgan kom‘yuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi.

Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o‘zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg‘in bahsga sabab bo‘lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg- postmodernizm nazariyachilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Inson qo‘lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an‘anaviy verbal usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtirmoqda, odamlarda sun‘iy olamga kirish illyuziyasini vujudga

keltirmoqdaki, ular bu sun‘iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb nomlanadi. Virtual negizga ega bo‘lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob‘ektiv tarzda mavjuddir. «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab to‘ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda

yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob‘ektiv narsalar yoki sub‘ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun‘iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin