64.Globallashuvning falsafiy muammolari.
Umumbashariy muammolar. Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida globallashuv natijasida shunday muammolar domiga tortildiki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik
bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umumbashariy muammo — yadro halokatining oldini olish ko'ndalang bolib turgan bolsa, endi o‘zgardi. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan-texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yolida foydalanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda
murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shund ly sharoitda har bir
aql-zakovatli odam «Bunday yolda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilayapmizmi? degan savolni o‘z oldiga ko‘ndalang
qo‘yishi va unga javob topishi zarur bo‘lib qoldi. Bu savolni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz hal etib bo‘lmaydi.
Tabiatga kishilarning zug‘umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog‘lig‘i, ijtimoiy muhitga boMgan aks ta’siri tobora halokatli tus
ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida
jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qo‘llash orqaligina qutulishi mumkin. Shu ma’noda butun dunyo yagona va o‘zaro bog'liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz
va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirish ekanligi shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: |