12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


ХIХ- аsrning 2- yarmidа Turkistоndа mа’rifаtpаrvаrlik хаrаkаtining kеlib chiqishi vа uning аsоsiy g’оyalаri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə67/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

74.ХIХ- аsrning 2- yarmidа Turkistоndа mа’rifаtpаrvаrlik хаrаkаtining kеlib chiqishi vа uning аsоsiy g’оyalаri.

Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so’nggi choragida uyg’ongan ma‘rifatchilik, ma‘rifatparvarlik qarashlarining ta‘siri katta bo’ldi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e’tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g’oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko’ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik g’oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo bo’lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g’arbdan kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo’gib qo’yilishi, uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning qatl etila boshlaganligi edi.

Jadidchilar o’zlarining ilg’or g’oyalarini Xalq o’rtasida tarqatish uchun milliy matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta‘lim sistemasini joriy qilish, ilg’or g’arb mamlakatlariga maxalliy yoshlarni o’qishga junatish yo’li bilan amalga oshirishga harakat qildilar.

Umuman olganda, XIX asr oxiriga kelib mahalliy ziyolilar birinchidan, Xalqni ilmli-ma‘rifatli qilish orkali milliy ong va tafakko’rni o’yg’otishga, ikkinchidan, milliy davlatchilikni tiklash, turkiy til birligiga erishish, diniy va ma‘naviy qadriyatlarni mustaxkamlash, uchinchidan, Markaziy Osiyo xalqlarini zamonaviy va demokratik taraqqiyot yo’liga olib kirishga harakat qiladilar.

Insoniyat jamiyati taraqqiyotida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish ma‘rifatparvarlikdan boshlanib, zamonaning yetuk, ongli, bilimli kishilari ma‘naviyat va ma‘rifat tarqatadilar. Natijada ma‘rifatli kishilar ma‘naviy qaramlik, qo’rquv va xadiksirashni bartaraf etib, beqiyos kuch-qudrat, saloxiyat egasi bo’ladilar.

Ma‘rifatli kishilar millat va Vatan ozodligi, Xalqning ma‘rifiy o’yg’oqligi va ma‘rifati uchun ko’rashadilar. Aynan shu nuqtai nazardan bizning Xalqimiz hamisha ma‘rifatga intilib kelgan. Shu boisdan dunyoviy va diniy ilmlarni uyg’unlashtirib, jaxon sivilizatsiyasiga buyuk xissa qo’shib kelganlar. Ular Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Buxoriy, Moturudiy, Mirzo Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalardir.

Shu nuqtai nazardan Turkiston ma‘rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan merosga egadir. Masalan: Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar kori Abdurashidxon o’g’li, Abdukodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Said Aziziy, Axmad Donish, Chulpon, Avloniy, Tavallo, Ayniy kabilar XIX asrning ikkinchi yarmida, mamlakatni milliy zulm va qoloklikdan yagona qo’tqarishning yo’li Xalqni ma‘rifatga erishishtirish deb tushunib, shu yul orqali ozodlik uchun ko’rash olib bordilar. Ular dunyo mamkatlarini ko’rib kelib, mustamlaka zulmidan ilm-ma‘rifat chirogini yoqish bilangina ozod bo’lish mumkinligini tushunib yetdilar. Shuning uchun ham yangi maktablarda nazariy va amaliy ishlarni qildilar. Bularni jadidlar deb atadilar. Demak, jadidchilik millatni ma‘rifat va ma‘naviyatga erishtirishga qaratilgan o’z zamonasidagi harakatdir




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin