96.Jаmiyatning tаriхiy, ijtimоiy-siyosiy tuzulishi vа ulаrning аmоnаviy tаlqini.
Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo‘nalishi muammosi. Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo‘nalishi muammosi tarix falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyati kishilik jamiyati o‘zgaradimi, agar o‘zgarsa, bu o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz beradi va mazkur o‘zgarishlarni qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat.
Mazkur muammo qadimgi dunyo mutafakkirlaridayoq qiziqish uyg‘otgan. Antik faylasuflar chiziqli tarix falsafasining uch muhim yo‘nalishi: progressiv, regressiv va siklli yo‘nalishlarni farqlaganlar. SHuni qayd etish muhimki, bu yo‘nalishlarning barchasi hozirgi vaqtda ham o‘z izdoshlariga ega. SHu bilan bir qatorda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy rivojlanishning nochiziq konsepsiyasi ham asoslangan. Bu yo‘nalishlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Antik davr mutafakkirlarining aksariyati, shu jumladan Protagor va Demokrit jamiyatning rivojlanishi asosan yovvoyilikdan «oltin asr» sari yuksalib boruvchi yo‘nalishda kechgan deb hisoblagan. Ularni progressiv yo‘nalish asoschilari deb hisoblash mumkin. Boshqa mutafakkirlar (Gesiod, Seneka), aksincha, jamiyatning rivojlanishi regressiv yo‘nalishga ega, ya’ni u «oltin asr»dan jamiyatning tanazzuli, axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi «temir asr» sari rivojlanadi, degan fikrni ilgari surgan. YAna bir toifa faylasuflar (Platon, Aristotel, Polibiy) jamiyat yuksalib boruvchi yo‘nalishda, lekin tutash doira bo‘ylab harakatlanadi va har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan.
O‘rta asrlar faylasuflari, tarix muayyan yo‘nalishda rivojlanuvchi jarayon ekanligini rad etmagan holda, uning yo‘nalishini Xudo belgilaydi, deb hisoblaganlar.
Dostları ilə paylaş: |