23.Bоrliqning аsоsiy shаkllаri.
Borliqning asosiy shakillarini tabiiy borliq yoki tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ma‘naviy borlig‘i tashkil etadi.
Tabiiy borliq o‘zaro bog‘liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki ko‘rinishdan iboratdir:
1 .Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig‘i;
2.Tabiytdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning
tabiiy borligi.
Tabiiy borliqning birinchi ko‘rinishi insongacha insondan va uning ongidan
tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalar, jarayon va holatlarni o‘z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba‘zi adabiyotlarda «birlamchi tabiat» deb ham ataladi. Bu «birlamchi tabiat» makonda, cheksiz zamonda abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu «birlamchi tabiat» materiallari asosida amaliy faoliyti va ongi bilan «ikkilamchi»tabiatni yratadi. «Ikkilamchi tabiat» narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson extiyojini qondirish zaruriyti, ijtimoiy turmushda biron bir funktsiyni bajarish zaruriyti tufayli yratiladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» tabiatlar borlig‘i o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir
tomondan, bir biri bilan umumiylikka , o‘xshashlikka, birlikka ega bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, bir-biriga nisbatan ma‘lum farqlarga ham ega.
«Birlamchi tabiat» makonda cheksiz, zamonda abadiy va doimiy bo‘lsa,
«ikkilamchi tabiat» inson mavjudligi bilan, uning faoliyti va ongi bilan, bir butun jamiyt bilan bog‘liq xolda mavjud bo‘ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va imtixoga ega.
«Birlamchi tabiat» inson unda yshab, uni bilib borayotgan bitmas- tuganmas,
cheksiz dunyo (olam) bo‘lsa; «ikkilamchi tabiat» esa inson tabiat qonunlarini bilib olish tufayli, ular asosida yratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.
«Ikkilamchi tabiat» bir tomondan , «birlamchi tabiat» kabi, ob‘ektiv, real borliq
bo‘lib, u inson ongidan tashqarida mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u insonga bog‘lq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g‘oylari, bilim va mehnatlari
mujassamlashgan bo‘ladi. «Ikkilamchi tabiat», «birlamchi tabiat» va kishilik (inson) borlig‘ini bog‘lovchi, ular chegarasidagi borliq bo‘lib, tabiiy borliqning o‘ziga xos shakli sifatida «birlamchi tabiat» borlig‘iga nisbatan ham, inson borlig‘iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
Borliqning o‘ziga xos shakillaridan yna biri – bu inson borlig‘idir. Inson borlig‘ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida unda ijtimoiy va ma‘naviy borliqning ham barcha shakillariga xos tomonlarningyig‘indisi majassamlashgandir.
Inson borlig‘i jamiyt taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jamiyt bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va x.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
Jamiytning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari: davlat va xokimiyt idoralari, armiy, politsiy, sud, prokuratura, siyosiy partiylar, turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniqt, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriylari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa bo‘limlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil ko‘rinishlarini tashkil etadi.
Borliq faqat moddiy shakilda emas, ma‘naviy, ruxiy shaklda ham namoyon bo‘ladi.
Ma‘naviy borliq inson tomonidan yaratilgan rang-barang madaniqt va san‘at asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g‘oylar, axloq-odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniqti, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi.
Kishilarning ichki xolati, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ruhiy ma‘naviy dunyosi, o‘y-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiytlari ham ma‘naviy borliqning ko‘rinishlaridi
Dostları ilə paylaş: |