12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Оng vа ахbоrоt. Оng vа bеlgilаr sistеmаsi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə23/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

25.Оng vа ахbоrоt. Оng vа bеlgilаr sistеmаsi.

Ong va axborot. Keyingi yillarda «Axborot», «Axborot- lashgan jamiyat», «Informatsion portlash» tushunchalari tez- tez ishlatilmoqda. XX asrning eng muhim yutuqlaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yolidagi urinishlarning natijasi bo‘ldi. Asrimizning o‘rtasida paydo bolgan bu vosita shiddatli rivojlanish yolini bosib o‘tdi. Dastlab sekundiga minglab ope- ratsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bolgan bolsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyil- maqom qilib uddalaydi.Xo‘sh, bularning inson ongi, bilishi va tafakkurining mohiyati bilan nima aloqasi bor? Gap shundaki, kompyuterlar ham inson tafakkuriga xos bolgan xususiyatlarga ega. Ammo ular qanchalik murakkab operatsiyalarni bajarmasinlar, inson tomonidan pro- grammalashtirilgan jarayonlarnigina amalga oshiradilar, undan tashqariga chiqa olmaydilar. Insonning fikrlash jarayoni ongsiz- lik, onglilik, kechinmalar, ijod kabi hodisalarni qamrab oladi. Kompyuter esa bunday xususiyatlarga ega emas. Shunday ekan, kompyuterlar insonning muayyan yo‘nalishlardagi aqliy faoliyatini yengillashtirishga xizmat qiladi va o‘zining yaratuvchisi usti- dan hukmron bola olmaydi.Ayrim tadqiqotlar natijalariga kola, hozirgi davrda fan soha- sida erishilgan natijalar har o‘n yilda, informatsiya olish esa har 3-4 yilda ikki barobarga oshmoqda. Ana shunday sharoitda inson ongi, uning xotira qudrati bu axborotlarni o‘zlashtira oladimi, degan savol ko‘ndalang bolmoqda. Yangi bilimlar, axborot oqimi unchalik kuchli bolmagan yaqin olmishda tirishqoq kishi insoniyat bilimi erishgan asosiy natijalarni o‘zlashtira olar edi. Bugungi kunda faqat fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga bir necha million kitob nashr etilmoqda. Hisob-kitoblarga kola, inson eng yangi adabiyotlarni olganib borishga harakat qilganda ham, uning har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan sahifa to‘g‘ri kelar ekan.Kishilarning paydo bolgan yangi kitoblarning aksariyatini jismonan o‘qib ulgurmaganligi «informatsion portlash» keltirib chiqarayotgan oqibatlarning bir kolinishi, xolos. Masalaning yana bir jihati borki, bu inson to‘plagan bilim, axborotning ma’naviy eskirishi, keraksiz bolib qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati tobora tezlashib bormoqda. Masalan, oliy ta’lim sohasida bu ja- rayon olti-yetti yil, kompyuter texnologiyasi sohasida esa bir yil davomida sodir bolayotganligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Bu agar siz oliy o‘quv yurtini bitirganingizga yetti yil bolgan bolsa, o‘z vaqtida olgan bilimlaringizning aksariyati bugungi kun talabi- ga javob bermasligini bildiradi. Ana shunday sharoitda kishilarning o‘z bilimlarini yuqori darajada ushlab turishlari ulardan doimiy diqqat-e’tiborni, o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Aks holda, ta’lim dargohini eng yuqori natijalar bilan bitirgan muta- xassis ham tez orada chalasavod bolib qolishi mumkin.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin