26.Qаdimgi Hindistоn vа Хitоy fаlsаfаsi.
Qadimgi Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan.
«Yeda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bolib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adharvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bolgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki fa safiy risola bolmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning m atnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari,
axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniymifologik nuqtayi nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo‘linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablardir. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdanbir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar boli shiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bolib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bolm agan sabab.
Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qoliga olgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bolishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o‘z ta’sirini olkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551—479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bolishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g‘oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o‘zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan.Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |