12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Rivоjlаnish vа o’zаrо аlоqаdоrlikning umumiy qоnuniyatlаri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə79/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

90.Rivоjlаnish vа o’zаrо аlоqаdоrlikning umumiy qоnuniyatlаri.

Rivоjlаnish.. Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi davrgacha u asosan taraqqiyot yo‗lidan harakatlangan va bu fikrga hozirgi tarix faylasuflarining ko’pchiligi qo‗shiladi. Ammo ijtimoiy taraqqiyot g‗oyasiga hamma olimlar ham ishonavermaydi, ayrimlar hatto taraqqiyotning rivojlanishga shikastli ta‘siri haqida so‗z yuritadi. Masalan, Aurelio Pechchei taraqqiyot xavfli jarayon ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu anarxik jarayonni sirtdan turib tartibga solish mumkin emas va u Er yuzida hayotning rivojlanishi uchun shikastli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga e‘tibor bermay, jamiyat ehtiyojlari bilan biron-bir real aloqasiz olg‗a yangi qadamlar tashlashda davom etadi. Bu fikrga Elvin Toffler (1928 yilda tug‗ilgan) ham qo‗shiladi. U taraqqiyot jamiyat va davlat institutlarini vayron qiluvchi, qadriyatlarni o‗zgartiruvchi va bizning hayot ildizlarimizga putur etkazuvchi o‗zgarishlar oqimini olib kelishi haqida ogohlantiradi.

Taraqqiyot mezonlarini aniqlash ijtimoiy taraqqiyot nazariyasining bahsli masalasi hisoblanadi. XVII asr mutafakkirlari inson aqlini taraqqiyot mezoni deb hisoblaganlar. Keyinchalik ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi shunday mezon sifatida e‘tirof etilgan. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko‗pincha ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida u yoki bu ijtimoiy tizimlar, siyosiy rejimlar, ijtimoiy harakatlarning progressivlik darajasini aniqlash mumkin.



Ammo yuqorida zikr etilgan mezonlarning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim tomonlarinigina tavsiflaydi va butun jamiyat taraqqiyoti haqida to‗liq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Jamiyatning insonparvarlashuvi darajasini, shaxsning undagi o‗rnini, uning ma‘naviy va ijtimoiy erkinlik darajasini, moddiy va ma‘naviy ehtiyojlari qondirilishining sifatini jamiyat rivojlanishining umumiy yoki umumfalsafiy mezoni deb hisoblash mumkin bo‗lsa kerak. Bu mezon mazkur jamiyatda inson kamol topish uchun imkoniyatlarga qay darajada ega ekanligini ko‗rsatadi. Mazkur mezon nuqtai nazaridan har bir jamiyatning progressivlik darajasi u shaxs huquqlari va erkinliklari doirasini qay darajada kengaytirgani, o‗z imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishi ehtiyojlarini rivojlantirishi va ularni qondirishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin