12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə77/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

88.XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari.

Yangi davr falsafasida XVIII asr frantsuz materialistlarining qarashlari ham diqqatga sazovor. XVIII asr frantsuz materializmining asosiy vakillari P. Golg‘bax, D. Didro, K. Gelg‘vetsii, J. Lametri hisoblanadi. Ularning ta‘limoticha hamma mavjud narsalar moddiydir. Kishi sezgi a‘zolariga ta‘sir etuvchi hamma narsalar materiyadir. Materiya mayda molekula va atom zarrachalaridan tashkil topgan. Frantsuz materialistlarining fikricha materiyaning asosiy xususiyalari - hajm, og‘irlik, o‘tkazmaslik, figura va mexanik harakatdan iborat. Ular harakat materiyaning ajralmas xususiyati, harakatsiz materiya bo‘lishi mumkin emas, deb tahkidlaydilar. Harakatning sababini ham tabiatning o‘zidan deb tushunadilar. Biroq frantsuz materialistlarining fazoda oddiy o‘rin almashuvidan iborat edi. Frantsuz materialistlarining bilish nazariyasi materialistik tabiatga ega bo‘lib, ularning ta‘limoticha, tabiat predmetlarini bilish - ularni sezishdan iborat, sezgining manbai esa ob‘ektiv reallikdir, chunki materiyagina a‘zolarimizga tag‘sir eta oladi. Frantsuz materiyalistlari bilish jarayonida aqlni rolini inkor etmadilar. Ularning fikricha, sezgilarimiz - tafakkurning asosi va mazmuni, tafakkur esa miyaning bir qancha sezgilarini yig‘ish, qo‘shish, solishtirish qobiliyatidan iboratdir. SHu bilan birga ularning bilish nazariyasi metofizik tabiatga ega bo‘lib, bilish oddiydan murakkabga qarab boruvchi dialektik jarayon emas, balki sezgi, fikr va mulohazalarni yig‘indisidan iborat deb tushuntirar edi. Ikkinchidan frantsuz materialistlari bilish jarayonida kishilarning ijtimoiy-tarixiy tajribasi ahamiyatini tushunmadilar.

Frantsuz materialistlarining ijtimoiy hodisalar haqidagi fikriga kelsak kishi ijtimoiy muhitning mahsuli, ijtimoiy muhit qanday bo‘lsa, kishi ham shunday bo‘ladi. Ijtimoiy muhitni yangilash faqat ma‘rifatning rivoji orqaligina amalga oshirish mumkin. Lekin ular ijtimoiy muhit ma‘nosida davlatni, siyosiy idoralar, uning qonunlarini, ustqurmani tushunardilar. Natijada fikr jamiyatni boshqaradi. Kishilardan fikri qanday bo‘lsa, jamiyat ham ijtimoiy muhit va uning tuzilishi ham shunday bo‘ladi degan xulosa kelib chiqadi. Ammo ular bo‘lajak jamiyatning asosiy vazifasi hamma kishilarni adolatli ravishda baxt xukuki bilan tahminlashdir. Ular davlatni vujudga keltirgan iktisodiy sababni, davlatning sinfiy mohiyatini va tarixiy xarakterini ochib bera olmadilar. Falsafa fanining rivojlanishida nemis faylasuflarining xam hissasi katta.

Nemis klassik falsafasi XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshida vujudga keldi. Bu falsafaning asosiy vakillari I. Kant, I. Gvixte, SHelling, Gegelg‘ va Feyerbaxdir.

Nemis klassik falsafasining asoschisi XVIII asr nemis burjuaziyasining mafkurachisi I. Kant edi. Kant falsafasining rivoji asosan 2 davrga bo‘linadi. 1-davr tanqidiy falsafagacha bo‘lgan davr, 2-davr tanqidiy falsafa davri. Kant o‘z falsafasining dastlabki davrlarida asosan tabiatshunoslikning falsafiy masalalari bilan shug‘ullandi. U 1785 yilda yozgan eng yirik asari «Butun umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasida Quyosh sistemasi koinotdagi boshlang‘ich katta tumanlikni aylanma harakat qilishi natijasida kelib chiyqan deb hisoblaydi. Bu jarayonning sababi «dastlabki turtki» emas, balki o‘zaro tortilish va itarilish orasidagi ziddiyatdir. SHu sababli Kuyosh sistemasidagi barcha sayyoralar Kant ta‘limotiga kura, uzoq davom etgan tabiiy-tarixiy taraqqiyotning maxsulidir. Kantning bu xulosasi uning tabiat hodisalarini dialektik tarzda tushunganligidan dalolat beradi. XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Kant faoliyatining ikkinchi davri boshlandi va «Sof aklni tankidi», «Prolegomenlor», «Muhokama qobiliyatini tanqidi» kabi asarlarida o‘zining transtsendantal yoki tanqidiy idealizm tizimini asosladi. Bu asarlarida u o‘z e‘tiborini insonning bilish qobiliyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratib, ob‘ektiv realligining mavjudligini ehtirof etadi va uni «narsa o‘zida» deb ataydi. Lekin uningcha «narsa uzida»ni bilish mumkin emas.

Kant fikricha tajribaviy bilimlar alohida-alohida, bir-biri bilan bog‘lanmagan hodisalarni ifodalasa, tajribagacha bo‘lgan aniq bilimlar esa hodisalar o‘rtasidagi umumiy sababiy va zaruriy bog‘lanishlarni, ya‘ni qonuniyatlarni ifodalaydi. Dunyo qonunlarining ob‘ektiv xususiyatga ega ekanligini Kant mutlaqo tan olmaydi. Uning fikriga ko‘ra, kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi, shuning uchun ham inson aqli tabiatga moslashishi kerak emas, balki tabiat inson aqliga moslashishi kerak.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin