12 zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari negmatova Nilufar Ergash qizi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix11.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ZDIFT 0903

 
16 
 
 
 
ega edi. Funktsional jihatdan turlicha bo’lgan ikkita konveyerlarning yuqori ish unumdorligini 
ta’minlash ( bir mashina taktida ikkita buyruqni bajarish uchun) kirish oqimidagi buyruqlarni 
bir biriga mos keluvchi guruhlarga bo’lish kerak bo’lar edi.
Takt chastotasi. 
Protsessorni ishlash tezligi birinchi navbatda, shubxasiz takt chasto tasiga 
bog’liq, lekin faqat unga emas. Masalan, bir xil chastotali Pentium 4 i Athlon protsessorlari 
turlicha tezlikda ishlashi mumkin.
Protsessor razryadlari. 
Agar protsessor takt chastotasini daryoda suvni o’qish tezligiga 
qiyoslansa razryadlarini daryo o’zani kengligiga qiyoslash mumkin. Ikki barobar katta razryadli 
protsessor bir vaqt birligida ikki marta ko’p ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir. Albatta, 
buning uchun maxsus optimallashtirilgan dastur ta’minoti zarur. Hozirgi kunda protsessorlarni 
juda ko’pchiligi 32 razryadli ya’ni 32-bitli. Bu albatta, ochiq nomunosiblikdir, chunki kompyuter 
tarkibiga kiruvchi ko’p qurilmalar, shu jumladan shina xam 64 va 128 bit razryadga ega. 64-
razryadli protsessorlarga o’tish uchun operatsion tizimlarni yangi versiyalari zarurdir. 
Kesh-xotira o’lchami. 
Bu ichki o’rnatilgan xotiraga (operativ xotira aloxida modullar 
ko’rinishida chiqariladi) protsessor ko’p uchraydigan ma’lumotlarni joylashtiradi. Birinchi 
pog’onadagi kesh-xotira xajmi Intel protsessorlarda asosan 32 kb va Pentium protsessorlarini 
oxirgi modellarida 128 kb gacha. Protsessorlarni turli modifikatsiyalari asosan ikkinchi 
pog’onadagi kesh-xotira xajmi bilan farq qiladi . Intel oilasiga mansub eng katta xajmli Xeop 
modelida bu ko’rsatkich 4 Mb, Athlon protsessorlarida esa 1024 kb dan 2 Mb gacha.
Pentium IV mikroprotsessori struktura sxemasi. 
Pentium IV mikroprotsessori struktura 
sxemasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
O’tish nishonlari bufri; 
O’tishlarni aytib beruvchi blok
Preprotsessor (buyruqlar ->.mikrooperatsiyalar): 
Tanlash/dekodlash qurilmasi; 
KESH trassa; 
Bajaruvchi yadro; 
Qaytarish bloki; 
KESH daraja 2 (L2); 
KESH ( ma’lumotlar uchun ) daraja I (LI); 
SHinali interfeys qurilmasi; 
Sistema shinasi. 
NetBurst mikroarxitekturasida yana bitta yangi texnologiya mavjud. Huper Threading. 
Ushbu texnologiya bitta Pentium IV fizik protsessori bazasida (asosida) bir nechta mantiqiy 
protsessorlarni modellashtirish imkonini beradi. Bu mantiqiy protsessorlarning har biri 
shaxsiy IA-32 arxiektura satxiga ega. Arxitektura satxi deganda ma’lumotlar registri, segment 
registrlari, tizim registrlari va MSR registrlarini tushunamiz. Har bir mantiqiy protsessor 
bundan tashqari o’zining shaxsiy uzilishlar nazoratchisi (kontrolleri) APIC ga egadir.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin