15 boshqarish uchun ishlatiladi. Bu buyruqlar guruhining shartli nomi SSE2 (Streaming SIMD
Extensions 2).
Mikroarxitektura tushunchasi birinchi marta Intel firmasi tomonidan Pentium Pro
protsessorlar oilasiga kiruvchi protsessorlar uchun ishlatilgan. Bu tushunchani kiritishdan
asosiy maqsad ushbu davrda mavjud bo’lgan protsessorlar bilan yangi ishlab chiqarilayotgan
protsessorlarning pozitsiyasini (tutgan o’rnini ) aniqlash edi. 32 razryadli protsessorlarning
tashqi dasturiy modellari (mantiqan) faqat rivojlanish tarafiga o’zgardi, shu bilan birga
ularning bajaruvchi (fizik) modellari turli xil ko’rinishda bo’lishi mumkin edi, ya’ni ular
butunlay boshqacha bo’lishi mumkin edi.
(Pentium Pro/II/III) protsessorlari sturukturasi
1-rasm P6 mikroarxitekturasi Intel firmasining Pentium Pro, Pentium II (Xeon), Celeron, Pentium III
(Xeon).protsessorlari bilan ishlaydi. Bu mikroarxitektura tavsifi (aniqlanishi) bo’yicha Intel
Arxitektura IA-32 arxitekturasi bo’ladi.
Intel protsessorlari CISC protsessorlari guruhiga kiradi. Bu protsessorlarda bitta buyruqni
bajarish uchun bittadan bir necha o’nlab takt kerak bo’lishi mumkin edi. Buyruqlarni bunday
qayta ishlashda protsessorning ish unumdorligini oshirish uchun faqat mashina taktlari
chastotasini orttirish yo’li bilan erishish mumkin edi. Bu xolatda protsessorning ishlash
chastotasini oddiy yo’l bilan oshirish xech qanday ma’noga ega emas edi. Chunki chastotani
oshirishning ma’lum bir yuqori chegarasi mavjud bo’lib bu chegaradan o’tib bo’lmas edi. Intel
loyixachilari i80386 protsessoriga qadar ushbu yo’ldan bordilar. Buyruqni bajarish jarayonida
yana bir nozik tomoni bor. Bu xotiradan buyruqni qabul qilib olish amaldir. Bu ko’p vaqt sarf
qilinadigan amaldir. Ushbu muammoning qisman echimi kompyuter texnikasi rivojlanishining
birinchi bosqichlarida topilgan edi, ya’ni buyruqlarni oldinroq buferga olib qo’yish yo’li bilan.
Ushbu g’oyaning va boshqa g’oyalarning rivojlanishi tarzida
konveyer paydo bo’ldi. Konveyer–
kompyuterning bajaruvchi qismidagi arxitektura darajasidagi maxsus qurilmadir.Konveyerni
ishlatish natijasida buyruqni bajarish bir necha stadiyalarga bo’linadi. Har bir stadiya buyruqni
qayta ishlash jarayonining ma’lum bir elementar operatsiyasini bajaradi. Intel protsessorlari
uchun konveyer usuli birinchi marta i80486 protsessor arxitekturasida qo’llanilgan edi.
Pentium protsessorlarida konveyer arxitekturasi takomillashtirildi va
superskalyar nomini
oldi. i80486 ning skalyar arxitekturasiga nisbatan (bitta konveyerli) Pentium
protsessorlarining birinchi modellari ikkita konveyerga ega edi.
Ideal holatda bunday superskalyar protsessor bitta mashina taktida ikkita buyruqni bajarishi
kerak edi. Bosh konveyer to’la funktsiyali edi va shuning uchun u ixtiyoriy hamma mashina
buyruqlarini bajara olar edi. Bu konveyer aso-san butun sonli buyuqlar va suzuvchi vergulli
faqat bitta buyruqni (FXCH) bajara olar edi. Ikkala konveyerning ichki strukturasi (tuzilishi)
xuddi i480486 protsessoriniki kabi buyruqlarni ajratib olishning faqat bitta umumiy blokiga