Fanidan “Iqtisodiyot nazariyalarining shakllanishi va ularning rivojlanish bosqichlari” mavzusi bo’yicha kurs ish



Yüklə 103,78 Kb.
səhifə1/11
tarix20.12.2022
ölçüsü103,78 Kb.
#76834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shohjahon kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Farg’ona davlat universiteti
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot yo’nalishi
20-145-guruh talabasi Ahmadjonov Shohjahoning
Iqtisodiyot nazariyasifanidan
Iqtisodiyot nazariyalarining shakllanishi va ularning
rivojlanish bosqichlari”
mavzusi bo’yicha


KURS ISH
Bajardi: 20-145-guruh talabasi
Ahmadjonov. SH.

Mundarija
Kirish……………………………………………………………….….3

1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti………….…8

2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari…...13

3. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi……………….……21

4. Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi………….32 

Xulosa va takliflar……………………………………….……….43

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………….45













KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir.
Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichigaiqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchichiziq bo'yicha ro'y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqirozdavrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarniolib notekis boradi.Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadiganjarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proqtahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'zifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko'payishidatopadi.Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va birtekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish vahatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa,jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning hartomonlama taraqqiyot manzarasi hosil boMadi. Shu bilan birga iqtisodiy o'sishnafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida ham namoyon boMadi.Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: “ Iqtisodiy rivojlanish sur’atlarihaqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko'rsatkichlariga ko‘proqe'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuzberayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi,xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliyhayotimizniyaxshilashga olib kelishi lozim”1.

O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o'zining mustaqil taraqqiyot yo'liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to'la ishonch bilan o'tib bormoqda. Mustaqillikning o'tgan qisqa davri ichida iqtisodiyot inqiroz holatidan chiqarildi, uning ko'pgina sohalarida barqaror iqtisodiy o'sish boshlandi. Bozor munosabatlarining tarkibiy qismlari, infratizilmalari vujudga keltirildi.


Lekin Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridan, uning nutqlari va turli yig'ilishlarda, ayniqsa Oliy Majlisning 2-chaqiriq I va II sessiyalarida, Vazirlar Mahkamasidagi yig'ilishlarda qilgan ma'ruzalaridan bizga shu narsa ma'lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o'z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar ham mavjud. Ko'pgina korxonalarning zarar qo'rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, mayda va o'rta tadbirkorlarning, mulqdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin o'sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.
Agar oldimizda «Milliy boylikning ko'payishini, Respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish» kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot — I. Karimov ayttanlaridek, strategik maqsadimiz bo'lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning asosi ekanligini e'tiborga olsak, iqtisodiy muammolarimiz naqadar ko'pligi va murakkabligi yanada ayon bo'ladi.
Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmushshi va xususiyatlarini tushunish ko'p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo'jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo'jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo'lib, unumli mehnat qilish yo'llarini va shakllarini o'rgatadi. iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi fakrt milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog'liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko'payishi, uning to'g'ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog'liqligini ham o'rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishida, ularning intelektual kamolotga erishuvida muhim rol o'ynaydi.
Lekin o'zbek tilida hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti ichki sir-asrorini, uning haqiqiy qiyofasini sinchiklab o'rganishga intilayotgan o'quvchi va talabalarimiz uchun mo'ljallangan iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan adabiyotlar, qo'llanmalar, ayniqsa, darsliklar yetarli emas. Yurtboshimiz ayttanidek: «...birinchi galda, taraqqiyotimizning har bir yo'nalishi jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo'llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratish zarur». Darsliklar va o'quv qo'llanmalari yetishmasligi bo'yicha oliy o'quv yurtlari va kollejlardagi ahvolni, shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Prezidentimiz I.A.Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida qo'yilgan muxim vazifalarni hisobga olib, biz iqtisodiyot nazariyasi fani bo'yicha ushbu ma'ruzalar matnini tayyorlashga jazm qildik.
Biz bozor iqtisodiyotiga kirib kelayotganligimizni, bu sharoitda yashayapmiz, faoliyat ko'rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda bo'lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini, uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushunchalarini, ularning bizning sharoitimizda qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini batafsilroq yoritishga harakat qiddik. Ushbu to'plamda iqtisodiy jarayonlarning faqatgana yuzaki, ko'rinib turgan tomonlarigagina emas, balki ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog'lanishlariga, iqtisodiy jarayonlarning sabab va oqibatlariga alohida e'tibor berildi. Ushbu to'plamda O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, ayniqsa, Prezidentimiz kitoblarida, ma'ruza va nutqlarida, qabul qilingan qonun va qarorlarda bayon etilgan tamoyillar, xususiyatlar ham qamrab olindi hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining ko'pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita O'zbekiston hayoti misolida yoritildi. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda, misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi.
Ushbu ma'ruzalar to'plami yangi standart talablari bo'yicha tuzilgan dastur asosida yozildi. To'plamda dasturdagi asosiy va zaruriy mavzular qamrab olingan. Lekin hajm cheklangan bo'lganligi uchun ko'pgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun to'plamda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo'lishi mumkin.
To'plamda o'qitishning yangi texnologik xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzuda ma'ruza rejasi, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara uchun savollar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati keltirildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo'yicha mazkur ma'ruzalar matni oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan o'rta-maxsus o'quv yurtlari va tinglovchilari, litsey o'quvchilari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
Mualliflar to'plamning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi va uslubi bo'yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyinga o'quv qo'llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar.2



Yüklə 103,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin