`
24
9-rasm- Protsessorning boshqaruvidagi fizik qurilmalar.
Protsessor barcha qurilmalar bilan birgalikda ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu qurilma 1960
yildan beri turli ko‘rinishga kelgan bo‘lsada, uning fundamental vazifasi o‘zgarishsiz qoldi.
Dastlabi protsessorlar vakum naylardan tashkil topgan. Bu esa juda katta elektr energiyasi va
katta fizik o‘lchamlarni talab etardi. 1945
yilda ishlab chiqarilgan, “INIAC” kompyuteri 18
mingta vakum naylardan iborat bo‘lgan. 1948 yili vakum naylardan ancha ixsam, kichik va tez
tranzistorlar ixtiro qilindi. 1956 yil tranzitor asosidagi birinchi kompyuter “UNIVAC” ishlab
chiqildi.
Integrallashgan sxemalarning ixtiro qilinishi bugungi kundagi protsessorlarni
yaratilishiga
omil bo‘ldi. Integrallashgan sxema bu-o‘zida bir necha millionlab tranzistorlarni birlashtirgan
elektron plata bo‘lib, bu texnologiya asosida ishlab chiqilgan birinchi protsessor 1971 yil “Intel”
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, Intel-4004 dir. Bu protsessor 2300 ta tranzistordan tashkil
topgan bo‘lib, sekundiga 60 000 ta operatsiya bajara olgan.
10-rasm. Intel-4004 protsessori.
Hozirgi kunda protsessorlar bir necha milliyardlab tranzistorlardan tashkil topadi va bitta
elektron platada bir nechta protsessorlar joylashadi. Bu biz bilgan ko‘p yadroli protsessordir.
(7.5-rasm) 2012 yil ishlab chiqilgan Intel Xeon 5 milliyard tiranzitordan tashkil topgan bo‘lib,
bir tranzitor o‘lchami 22 nm gacha (nanometrgacha) kichraytirildi. Buni qiyosalash uchun bitta