20 kilobayt adres sohasini ishlatish mumkin bo’lgan. Bozorda yanada mustaxkamlanib olish uchun
Intel firmasi uning arzonlashtirilgan varianti I8088 MP ni taqdim qidi. Bu MP 16 razryadli I8086
MP ning ichki arxitekturasiga ega bo’lib, ma’lumotlarning 8 razryadli shinalari bilan ishlar edi.
Shuning uchun uning tezligi biroz sekinroq edi. Bunda arzonlashtirish MP ni arzonlashtirish
xisobiga emas balki uning asosida tayyorlangan kompyuterni arzonlashtirish xisobiga erishildi.
Bundan ashqari I8088 ning paydo bo`lishi va keng tarqalishiga sabab shuki, uning 8 razryadli
ko’plab tashqi qurilmalari mavjudligidadir. I8088 ning 8 razryadli shinalari bu qurilma-larni
ulash jaryonini ancha engillashtirdi. SHuni ta’kidlash kerakki, I8086, I8088 protsessori bilan
ishlay oladigan tashqi qurilmalardan bittasi bu matematik soprotsessor I8087 edi. Bu
soprotsessor ona plataning maxsus “raz’yom” (teshikcha-uyacha)ga ulanar edi. Buning
natijasida hozirgi zamon Pentium protsessorlarida o’sha davr protsessorlari uchun yozilgan
barcha matematik dasturlarni (kerakli operatsion tizim mavjud bo’lganda) xech qiyinchiliksiz
ishlatish imkonini beradi. Ya’ni IEEE-754 standartga asosan suzuvchi vergulli sonlar bilan
ishlaydigan operatsiyalardan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’di.
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda
tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, hisoblash
mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy
qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi.
Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi.
Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi
signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish
signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi
bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi
kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha
ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda,
plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga
ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida
parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p
protsessorli tizimlar deb ataladi. (7.1-rasm)