16 ega edi. Funktsional jihatdan turlicha bo’lgan ikkita konveyerlarning yuqori ish unumdorligini
ta’minlash ( bir mashina taktida ikkita buyruqni bajarish uchun) kirish oqimidagi buyruqlarni
bir biriga mos keluvchi guruhlarga bo’lish kerak bo’lar edi.
Takt chastotasi.Protsessorni ishlash tezligi birinchi navbatda, shubxasiz takt chasto tasiga
bog’liq, lekin faqat unga emas. Masalan, bir xil chastotali Pentium 4 i Athlon protsessorlari
turlicha tezlikda ishlashi mumkin.
Protsessor razryadlari. Agar protsessor takt chastotasini daryoda suvni o’qish tezligiga
qiyoslansa razryadlarini daryo o’zani kengligiga qiyoslash mumkin. Ikki barobar katta razryadli
protsessor bir vaqt birligida ikki marta ko’p ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir. Albatta,
buning uchun maxsus optimallashtirilgan dastur ta’minoti zarur. Hozirgi kunda protsessorlarni
juda ko’pchiligi 32 razryadli ya’ni 32-bitli. Bu albatta, ochiq nomunosiblikdir, chunki kompyuter
tarkibiga kiruvchi ko’p qurilmalar, shu jumladan shina xam 64 va 128 bit razryadga ega. 64-
razryadli protsessorlarga o’tish uchun operatsion tizimlarni yangi versiyalari zarurdir.
Kesh-xotira o’lchami.Bu ichki o’rnatilgan xotiraga (operativ xotira aloxida modullar
ko’rinishida chiqariladi) protsessor ko’p uchraydigan ma’lumotlarni joylashtiradi. Birinchi
pog’onadagi kesh-xotira xajmi Intel protsessorlarda asosan 32 kb va Pentium protsessorlarini
oxirgi modellarida 128 kb gacha. Protsessorlarni turli modifikatsiyalari asosan ikkinchi
pog’onadagi kesh-xotira xajmi bilan farq qiladi . Intel oilasiga mansub eng katta xajmli Xeop
modelida bu ko’rsatkich 4 Mb, Athlon protsessorlarida esa 1024 kb dan 2 Mb gacha.
Pentium IV mikroprotsessori struktura sxemasi.Pentium IV mikroprotsessori struktura
sxemasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
O’tish nishonlari bufri;
O’tishlarni aytib beruvchi blok;
Preprotsessor (buyruqlar ->.mikrooperatsiyalar):
Tanlash/dekodlash qurilmasi;
KESH trassa;
Bajaruvchi yadro;
Qaytarish bloki;
KESH daraja 2 (L2);
KESH ( ma’lumotlar uchun ) daraja I (LI);
SHinali interfeys qurilmasi;
Sistema shinasi.
NetBurst mikroarxitekturasida yana bitta yangi texnologiya mavjud. Huper Threading.
Ushbu texnologiya bitta Pentium IV fizik protsessori bazasida (asosida) bir nechta mantiqiy
protsessorlarni modellashtirish imkonini beradi. Bu mantiqiy protsessorlarning har biri
shaxsiy IA-32 arxiektura satxiga ega. Arxitektura satxi deganda ma’lumotlar registri, segment
registrlari, tizim registrlari va MSR registrlarini tushunamiz. Har bir mantiqiy protsessor
bundan tashqari o’zining shaxsiy uzilishlar nazoratchisi (kontrolleri) APIC ga egadir.