122-guruh talabasi mamatova jasmina



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123796
  1   2   3
2 5366579559250537796


O‘zbekistonda huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, demokratik jamiyatni shakllantirish yo‘lidagi islohotlar
122-guruh talabasi MAMATOVA JASMINA
Reja
1
O‘zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi
2
Mustaqillik yillarida demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy xususiyatlari. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati
3
Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
4
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
O‘zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi
1
1
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo‘lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi. Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo‘ldi. O‘tgan yillar ko‘hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon sahnasida o‘z o‘rnimizni egallash davri bo‘ldi. Bu davrda biz o‘zligimizni anglab, tarixiy yo‘limizni uzil-kesil tanlab oldik. Mustaqil O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:
1.Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir.
O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar,
ikkinchisi: 1995-2004 yillar va
uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin