122-guruh talabasi mamatova jasmina



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/3
tarix02.06.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123796
1   2   3
2 5366579559250537796

O’zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishda istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov milliy tamoyillarga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A.Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar” hamda “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarlarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi. Bu O’zbekistonning o’ziga xos, aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo’li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda taraqqiyotning o’zbek modeli degan nom oldi. Aynan ana shu tamoyillarda bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo’nalishlari uyg’unlashadi yoki ularning dialektik mutanosibligi o’z aksini topdi.

  • O’zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishda istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov milliy tamoyillarga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A.Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar” hamda “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarlarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi. Bu O’zbekistonning o’ziga xos, aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo’li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda taraqqiyotning o’zbek modeli degan nom oldi. Aynan ana shu tamoyillarda bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo’nalishlari uyg’unlashadi yoki ularning dialektik mutanosibligi o’z aksini topdi.
  • O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish doktrinasi mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14-modda) xizmat qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham kiradi.

Mustaqillikni qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi o’z oldiga ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. Respublikada amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar oxir-oqibatda ana shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni shakllatirishda, avvalambor, O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos milliy taimoyillari jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.


2
Biz qurayotgan huquqiy davlatning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Huquqiy davlat – huquqning hukmroniligi va qonunning ustuvorligi, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi, sudning mustaqilligi, inson huquqlari va erkinliklari ta’minlanadigan, huquqni muhofaza etuvchi idoralar ishi samarali bo’lgan haqiqiy xalq hokimiyati, yuqori darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyatga erishgan demokratik davlatdir. Huquqiy davlatning quyidagi bir qator asosiy belgilari mavjud:
Huquqning hukmronligi.
Konstitutsiya va qonun ustunligi.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni ximoya qilish va ta’minlash.
Davlat va fuqarolarning o’zaro ma’suliyati.
Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi.
Sudning mustaqilligi.
Huquqni muxofaza qiluvchi organlarning samarali ishlashi.
Huquqiy madaniyatning yuksak darajasi.
Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.
2
Jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi va barqarorligini rag’batlantira oladigan huquqiy hujjat chiqarish va joriy etish.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muxofaza qilish, ularning ijtimoiy himoyalanganligiga doir amaliy choralar qabul qilish.
Fuqarolarning huquq va erikinliklariga tajovuz qiluvchi mansabdor shaxslarni tegishli shaklda huquqiy javobgarlikka tortishning huquqiy mehanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish
Jamiyatda huquqiy davlatning roli quyidagilarda ifodalanadi:
3
Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
3
Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida xo‘jalik munosabatlarida qonunchilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik sudlari tizimi yaratildi. Sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishning huquqiy doirasi yanada kengayganligi bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘ldi
Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi belgilangan.
4
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
4
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarning takomillashishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillarida vujudga kelgan siyosiy partiyalar o‘z faoliyatida o‘zbek xalqining eng yaxshi demokratik an’analariga, adolat, ezgulik, tinchlik va inson erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlar hamda g‘oyalarga, ahloqiylik va odamiylik qoidalariga suyanadi. Ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabr Qonuniga va boshqa hujjatlarga muvofiq, shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. Ko‘ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot yo‘lida erishilgan muhim yutuqlaridan biridir.
4
Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir.Partiyaga 1991-yilning noyabrida asos solindi.Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan.Lekin besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. 2000-yil aprelda “Vatan taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq, degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. 1995-yil fevralda tuzilgan O‘zbekiston “Adolat sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekistonda shakllangan sotsial-demo- kratik partiyadir.Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Bu holat demokratik yo‘liga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi.
THANK YOU FOR WATCHING
Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin