O‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi.
Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar
Oliy Majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tdi. 250 ta deputatlik mandati uchun 634 nafar nomzod kurash boshladi, shundan 139 saylov okrugida uchtadan nomzod, 106 okrugda – 2 tadan nomzod kurash olib borgan bo‘lsa, faqat 5 ta okrugdangina 1 tadan nomzod ko‘rsatilgan edi. Saylovchilar o‘zlarining eng yaxshi vakillarini saylashlari uchun barcha saylov huquqlari muhayyo qilingan edi. Saylovlarda 10 million 526 ming 654 nafar saylovchi, ya’ni umumiy saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 93,6 foizi ishtirok qildi.
Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‘z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining ana shu tarixiy anjumanida O‘zbekisgon Respublikashining birinchi Prezidenti I.Karimov dasturiy ma’ruza qilib, unda jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran asoslantirilgan konsepsiyasini, shuningdek mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi.
Ikki palatali parlament tashkil etilgach, O‘zbekisgon Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘z taraqqiyotida yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo‘lsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi.
Ikki palatali parlament sharoitlarida qonunlar uch o‘qishda qabul qilinadi. Birinchi o‘qishda odatda qonun loyihasining umumiy konsepsiyasi va asosiy qoidalaritasdiqlanadi, ikkinchisida - har bir modda batafsil ko‘rib chiqiladi hamda shu modda yuzasidan alohida ovoz berish o‘tkaziladi, uchinchi o‘qishda esa qonun loyihasi uni muhokama qilmay to‘laligicha ovozga qo‘yiladi. Shundan so‘ng qonun qabul qilinib, ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.
2
Mustaqillik yillarida demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy xususiyatlari. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati