12–Ma’ruza. Timsollarni o’rganuvchi va tanuvchi tizimlar



Yüklə 379,77 Kb.
səhifə5/14
tarix21.12.2023
ölçüsü379,77 Kb.
#187634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12-ma\'ruza (Tanuvchi tizim)

Qishloq xoʻjaligi. Bu sohada TTT yordamida ekiladigan maydonlarning holatini aniqlash, kosmosdan turib ekiladigan maydonlarning oʻlchamini va hosilini aniqlash hamda mevalarning shakli, rangi va oʻlchamlari boʻyicha taxlashda qoʻl mehnatini kamaytirish kabilar amalga oshiriladi.

  • Harbiy ishlarda. Tizimlarning holatini avtomatik ravishda nazorat qilish. Shunday qilib, TTT - bu timsollarni tanuvchi avtomatik hisoblash qurilmasi.

    Hozirgi kunda TTT sifatida EHM hayotimizga toʻliq kirib keldi.
    5. Tibbiy sohasida timsollarni tanish qurilmalariga rentgen apparati, UZI apparati, tomograflar, ensefalograflar, rentgen tomograflar, kardiograflar va h.k. kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
    Harbiy ishlarda radiolokatorlar, optik lokatorlar, ultratovushli lokatorlar va gamma - nurlanuvchi qabul qiluvchilar misol boʻla oladi.
    Shuningdek, murakkab TTTda tayyorlangan mutaxassislar jamoasi ham muhim ahamiyatga ega.
    Shunday qilib, TTT - murakkab dinamik tizimlar boʻlib, umumiy holda u tayyorlangan mutaxassislar jamoasi va texnik qurilmalar toʻplamidan iborat boʻlgan hamda timsollarni, jarayonlarni maxsus algoritmlar yordamida sinflarga ajratadi.


    4. Timsollarni tanuvchi tizimlarni yaratish jarayonida yechiladigan masalalar


    Ma’lumki, texnikada TTT - mashinalar, qurilmalar va tizimlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish boʻlib, ular ogʻir fizik mehnatda band boʻlgan shaxslarni oʻrnini bosish, oʻylashga vaqt yetishmaydigan katta reaksiyalarni boshqarish hamda aqliy mehnatni talab qilmaydigan, takroriy harakatlarni talab qiladigan operatsiyalarni bajarishda qoʻllaniladi.


    Quyida tibbiy tashxisiga oid misolni qarab chiqamiz. Bu misolda qanday qilib masala formallashtiriladi, belgilar qanday qilib aniqlanadi va timsollar qanday qilib taniladi kabi savollarga javob izlaymiz:
    Yurak ogʻrigʻini tanish. Yurak ogʻrigʻini tanuvchi avtomatik tizimni qurish talab etiladi.
    1-qadam. Yurak ogʻrigi toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni oʻrganish. Bu jarayonda biz ushbu kasallikning mumkin boʻlgan barcha xossalariga ega boʻlishimiz kerak, yani kardiogrammalar, puls, arterial bosim va h.k.
    2-qadam. Kasallikni davolovchi barcha turkumni oʻrganish va ularni sinflarga ajratish. Natijada, davolashlar soni kasalliklar sinfi dan oshib ketishi mumkin. Bunda davolashlar sonini komplekt qilishimiz kerak. Agarda bir necha sinflar bir xil davolashga muhtoj boʻlsa, u holda bunday sinflarni birlashtirishimiz kerak.
    3-qadam. Bemorlarning mumkin boʻlgan barcha belgilaridan faqat maxsus apparatlar yordamida olingan belgilarni (fonokardiografiya, UTT, rentgen, qon tahlili va h.k.) hisobga olish kerak.
    4-qadam. Belgilarning orasidan tanlab olingan muhim belgilar asosida har bir sinf uchun maxsus BT tuziladi. Shuningdek, har bir sinf uchun sifatli belgilarning qatnashishi yoki qatnashmasligi hamda sonli belgilarning intervallari yoki qiymatlari koʻrsatilishi kerak.
    5-qadam. Tanlab olingan muhim belgilar asosida HQQalar hosil qilinadi va ular yordamida yangi timsollar oldindan ma’lum boʻlgan sinflarga ajratiladi.
    Umumiy holda, agar bizning ixtiyorimizda qandaydir TT mavjud boʻlsa, u holda ushbu timsollarni oʻrganish jarayonida muhim belgilarni topish va ushbu belgilar yordamida timsollarni sinflarga ajratish yoki ularni tanish quyidagicha amalga oshiriladi:

    • qandaydir tamoyilga asoslangan holda timsollar bir nechta sinflarga ajratiladi;

    • belgilar roʻyxati yaratiladi;

    • belgilar roʻyxati asosida har bir sinf ta’riflanadi;

    • timsollarni tanuvchi qurilma yaratiladi yoki aniqlanadi;

    • hisoblash qurilmalari yordamida aposterior va aprior ma’lumotlar solishtiriladi va qaror qabul qilinadi.




    Yüklə 379,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin