12–Ma’ruza. Timsollarni o’rganuvchi va tanuvchi tizimlar



Yüklə 379,77 Kb.
səhifə14/14
tarix21.12.2023
ölçüsü379,77 Kb.
#187634
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12-ma\'ruza (Tanuvchi tizim)

12-ma’ruza uchun testlar


1. «Timsol» soʻzi ... soʻzdan olingan va ... kabi tushunchalarni bidiradi.


a) inglizcha “Pattern recognition”; “timsol”, “model”, “bogʻliqlik”, “uslub”;
b) nemischa “Pattern recognition”; “timsol”, “funksiy”, “bolakli”, “uslub” ;
c) fransuzcha “Pattern recognitio”; “timsol”, “qoida”, “uzlukli”, “algoritm” ;
e) grekcha“Pattern recognit”; “timsol”, “formula”, “uzluksiz”, “qoida”.
2. Timsollarni tanishning asosiy vazifasi – bu timsollarning bir-biriga ... oʻrganishda ishlatiladigan, ya’ni ularning ... aniqlaydigan qaror qabul qiluvchi qoidalarni topishdan iborat.
a) mosligini; oʻxshashligini; b) mos emasligini; moslik qoidalarini;
c) toʻliqligini; kattaligini; e) qarashliligini; kichikligini.
3. Timsollarni tanish uchun ... foydalaniladi.
a) muhim belgilardan; b) barcha belgilardan;
c) bir xil belgilardan; e) yopiluvchi belgilardan.
4. Sinf – bu ... xususiyatga ega boʻlgan ... toʻplamidir.
a) umumiy; timsollar; b) diametr; toʻrtburchaklar;
c) harorat; raqamlar; e) ogʻrlik; harflar.
5. Timsollar haqida empirik ma’lumotlar ........... yordamida aniqlanadi.
a) tajriba; b) ekspert; c) foydalanuvchi; e) kompyuter.
6. Timsollar haqidagi ma’lumotlarni oʻrganish ...........topishga asoslanadi.
a) timsollarni belgilariga asosan oʻrganish, ya’ni timsollar uchun xos boʻlgan asosiy belgilarni;
b) timsollar uchun xos boʻlmagan asosiy belgilarni;
c) timsollar uchun chegaraviysharti boʻlgan asosiy belgilarni;
e) timsollar uchun boshlangʻichsharti boʻlmagan asosiy belgilarni.
7. Oʻqituvchi yordamida oʻrganishda ................ soni va timsollarning qaysi sinfga qarashliligi oldindan berilgan boʻladi.
a) sinflar, timsollar, belgilar; b) belgilar, qoidalar, sinflar;
c) timsollar, etalonlar, qoidalar; e) sinflar, qoidalar, masofalar.
8. Oʻqituvchisiz oʻrganishda ……....... soni oldindan berilgan va timsollarning qaysi sinfga qarashliligi oldindan berilmagan boʻladi.
a) timsollar, belgilar; b) belgilar, qoidalar;
c) timsollar, qoidalar; e) qoidalar, masofalar.
9. Hal qiluvchi qoidani qurish .............. aniqlashga asoslanadi.
a) oʻqituvchi yoki oʻqituvchisiz oʻrganish jarayonida timsollarga xos boʻlgan asosiy belgilar tizimini;
b) oʻqituvchi yordamida oʻrganish jarayonida idrok etishni;
c) oʻqituvchisiz oʻrganish jarayonida o’quv tanlanmani;
e) oʻzini-oʻzi oʻrganish jarayonida o’quv tanlanmani.
10. Timsollarni tanish o’quv tanlanmadagi .............. aniqlashga asoslanadi.
a) timsollarni oʻrganish jarayonida hosil qilingan qaror qabul qiluvchi qoida yordamida yangi timsollarning qaysi sinflarga qarashli ekanligini;
b) toʻliq boʻlmagan muhim belgilarini;
c) toʻliq boʻlgan o’quv tanlanmadagi oʻxshash sinflarni;
e) toʻliq boʻlgan timsollarini.
11. Timsollarni tanishni oʻrgatish nazariyasi usullarining keng qoʻllanilishi qanday xususiyatlarga asoslanadi?
a) oʻrganiluvchi timsollarning murakkabligi, ya’ni ularning koʻplab sohalarga egaligi, timsollar haqida toʻliq ma’lumotlarning yetishmasligi;
b) oʻrganiluvchi timsollarning oddiyligi, ya’ni ularning koʻplab sohalarga ega emasligi, timsollar haqida toʻliq ma’lumotlarning yetishmasligi;
c) oʻrganiluvchi timsollarning murakkabligi, ya’ni ularning koʻplab sohalarga egaligi, timsollar haqida toʻliq ma’lumotlarning mavjudligi;
e) oʻrganiluvchi timsollarning oddiyligi, ya’ni ularning koʻplab sohalarga egaligi, timsollar haqida toʻliq ma’lumotlarning mavjudligi.
12. Timsollarni tanishni oʻrgatishning asosiy muammosi - bu qaror qabul qiluvchi qoidani ... aniqlashdan iborat.
a) qurish va bu qoida yordamida timsollarni talab etilgan ishonchlilik bilan oldindan ma’lum boʻlgan sinflarga qarashliligini;
b) qurish va bu qoida yordamida sinflarni talab etilgan ishonchlilik bilan oldindan ma’lum boʻlgan timsollarga qarashliligini;
c) qurmasdan, timsollarni talab etilgan ishonchlilik bilan oldindan ma’lum boʻlgan sinflarga qarashliligini;
e) qurish va bu qoida yordamida sinflarni talab etilgan ishonchlilik bilan oldindan ma’lum boʻlgan sinflarga qarashliligini.
13. Timsollarni tanuvchi tizimlar yaratish qaysi davrdan boshlangan?
a) XX asrning 50 - yillaridan boshlab; b) XIX asrning 30 - yillaridan boshlab;
c) XIX asrning 80 - yillaridan boshlab; e) XX asrning 10 - yillaridan boshlab.
14. Timsollarni tanuvchi tizimlarni yaratishda eng asosiy masalalardan biri – bu .................... xossalarini aniqlashdan iborat.
a) timsollarning; b) etalonlarning;
c) qaror qabul qiluvchi qoidalarning; e) toʻplamlarning.
15. Belgilarning turlari qaysi javobda toʻgri keltirilgam?
a) Determinalli, mantiqli, strukturali, ehtimolli, nominalli;
b) Strukturali, ehtimolli, chiziqli, etalonli, boʻsagʻali;
c) Determinalli, boʻlakli , boʻsagʻali, skeletli, mantiqli;
e) Strukturali, skeletli, chiziqli, determinalli.
16. Determinalli belgilar ….………….. qiymatlarga ega boʻladi.
a) aniq va sonli; b) chin; c) ehtimolli; e) simvolli.
17. Etimolli belgilar …............... qiymatlarga ega boʻladi.
a) tavakkali; b) yolgʻon; c) chin; e) aniq.
18. Mantiqiy belgilar …............. qiymatlarga ega boʻladi.
a) chin yoki yolgʻon; b) tavakkali; c) simvolli; e) uzluksiz.
19. Strukturali belgilar …............. koʻrinishidagi timsollarda uchraydi.
a) simvol va tasvir; b) faqat simvol va raqam;
c) faqat tasvir va harf; e) faqat harf va raqam.
20. Timsollarni tanuvchi tizimlarni yaratishda …............. roʻyxatini toʻliq aniqlash kerak.
a) timsollarni xarakterlovchi belgilar; b) belgilarni xarakterlovchi timsollar;
c) sinflarni xarakterlovchi timsollar; e) qaror qabul qiluvchi qoidalar.
21. Sinflashtirish – bu ... asosida sinflarga boʻlish.
a) timsollarni belgilar; b) timsollarni o’quv tanlanma;
c) o’quv tanlanmani erkin tanlov; e) harflarni erkin tanlov.
22. Timsollarni tanuvchi tizimlarni turlarga boʻlishda nechta tamoyillarga asoslanadi ?
a) 4; b) 2; c) 6; e) 1.
23. Timsollarni tanuvchi tizimlarni turlarga boʻlishning 1- tamoyilda …............. ekanligi e’tiborga olinadi.
a) belgilarning fizik tabiati bir xilda yoki koʻp xilda;
b) timsollarning fizik tabiati bir xilda yoki koʻp xilda;
c) sinflarning fizik tabiati bir xilda yoki koʻp xilda;
e) tizimning fizik tabiati bir xilda yoki koʻp xilda.
24. Timsollarni tanuvchi oddiy tizimlar timsollardagi …............. fizik tabiati boʻyicha bir xildaligi bilan xarakterlanadi.
a) belgilarning; b) qoidalarning; c) uzilishlarning; e) toʻliqlikning.
25. Timsollarni tanuvchi murakkab tizimlar timsollardagi …............. fizik tabiati boʻyicha koʻpxildaligi bilan xarakterlanadi.
a) belgilarning; b) qoidalarning; c) uzliksizlikning; e) toʻliqlikning.
26. Timsollarni tanuvchi bir pogʻonali tizimlarda ….. haqidagi ma’lumotlar oʻrganilayotgan timsollardan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchash natijasida olinadi.
a) belgilar; b) qaror qabul qiluvchi qoidalar;
c) chiziqli qoidalar; e) mantiqli qoidalar.
27. Timsollarni tanuvchi koʻp pogʻonali tizimlarda …............. haqidagi ma’lumotlar oʻrganilayotgan timsollardan nisbiy oʻlchash natijasida olinadi.
a) belgilar; b) sinflar; c) tizimlar; e) bilimlar.
28. Oʻzini-oʻzi oʻqituvchi tizimlarda …............. roʻyxati berilgan boʻladi.
a) timsollar toʻplami va belgilar; b) sinflar toʻplami va timsollar;
c) qoidalar toʻplami va sinflar; e) timsollar toʻplami va sinflar.
29. Timsollarni tanuvchi tizimlarni turlarga boʻlishning 4- tamoyilda …............. haqidagi ma’lumotlarning xarakterlarini oʻrganish e’tiborga olinadi.
a) timsollarni tanishda belgilar; b) belgilarni sinflashda timsollar;
c) qoidalarni boʻlaklashda timsollar; e) tizimlarni oʻrganishda qoidalar.
30. Formulalarning qaysi biri xossani sinfga xos 1-tipli belgi ekanligini aniqlaydi ?
a) va ; b) ;
c) ; e) va .
31. Formulalarning qaysi biri xossani sinfga xos 2-tipli belgi ekanliginii aniqlaydi ?
a) va ; b) va ;
c) ; e) .
32. Boshlangʻich m ta oddiy binar xossadan 1 yoki 2 – tipli n oʻllchovli belgilar fazosini hosil qilishning mumkin boʻlgan holatlar soni N qaysi formula bilan aniqlanadi ?
a) ; b) ; c) ; e) .
33. «Maxmin» algoritmining maqsadi - …............. yadroviy timsollarni topish va bu timsollar yordamida sinflarni hosil qilish.
a) erkin tanlovdan N ta; b) o’quv tanlanmadan;
c) o’quv tanlanmadan 2 ta; e) erkin tanlovdan 2 ta.
34. «Maxmin» algoritmida yadrolar orasidagi boʻsagʻa sifatida qanday qiymat olinadi ?
a) yadrolar orasidagi masofaning yarmi olinadi;
b) yadrolar orasidagi masofa olinadi;
c) yadrodan eng uzoqda joylashgan yadroning qiymati olinadi;
e) yadrolar orasidagi masofaning kvadrati olinadi.
35. «Maxmin» algoritmida sinflar soni qanday aniqlanadi ?
a) yadrolar yordamida; b) oldindan beriladi;
c) belgilar yordamida; e) moslik qoidalar asosida.
36. «Maxmin» algoritmi oʻz ishini toʻxtatadi, agarda ….............
a) yadrolar va sinflar oʻzgarmasdan qolsa; b) sinflar kesishmasa;
c) yadrolar soni sinflar sonidan koʻp boʻlsa;
e) sinflar oʻzgarmasdan yadrolar oʻzgarsa.


Yüklə 379,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin